97
o‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishga doir o‘quv-uslubiy qo‘llanma
hamda uslubiy tavsiyanomalar yaratildi. Ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va
o‘qituvchilari orasida o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarida qo‘llanildi.
Unda o‘quvchilarga ilmiy tushuncha va o‘zlashtirayotgan bilimlaridan ko‘nikma
va mahoratlarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning mavjud shakl va
vositalari asosida samarali qo‘llash va amalga oshirish tadbirlarini sinovdan
o‘tkazish asosiy maqsad qilib olindi.
Pedagogik tajriba-sinov jarayonida boshlang‘ich sinflar o‘qituvchi va
o‘quvchilarining tadqiqotimizda ilgari surilgan yangi uslubiyotga nisbatan
munosabatlariga diqqat-e‘tibor qilindi, ta‘limda qo‘llaniladigan pedagogik
texnologiyalarni amalga oshiruvchi vositalarga nisbatan ularning mulohazalari,
bunda yuzaga keladigan ba‘zi qiyinchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari tahlil
qilindi. Shu bilan birga, pedagogik texnologiyalarning ba‘zi vositalari orqali
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan o‘quv materiallarining sifat va
samaradorligini oshirish muammolari o‘rganildi.
Dostları ilə paylaş: