2010-2011 yillarda o’tkazilgan pedagogik tajriba-sinov jarayonining
uchinchi bosqichida, ilgari surilgan farazlarning hayotiyligi, yangiligi, ishlab
chiqilgan
tavsiyalarning
samaradorligi
bo‘yicha tajriba-sinov natijalari
umumlashtirildi.
O‘qituvchilar va o‘quvchilarning tajriba-sinov ishlari
boshlanishidan oldingi va undan keyingi davrda boshlang‘ich sinf matematika
darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘rganish asosida ta‘limni
tashkil etish hamda ilmiy tushunchalar va bilimlar samaradorligini oshirish
borasidagi mahoratlari dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqotdagi asosiy g‘oya, qarash va
qoidalar mana shu bosqichda ilmiy shaklni oldi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida
matematik tushunchalar vositasida o‘rganish jarayonida ilmiy tushunchalarni
rivojlantirish va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan
barcha shakl va vositalar hamda metodlardan foydalanildi. Ularning sifat va
samaradorligini tekshirish maqsadida tajriba-sinov jarayoniga ta‘limning
muntazam shakli joriy etildi. Boshlang‘ich sinf ta‘limi jarayonida o‘quvchilar
98
tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning puxtalik va mustahkamlik darajasiga,
o‘quvchilarning
boshlang‘ich
sinf
matematika
darslarida
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha darslarda bilimlarni egallash va
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlarida mahorat va ko‘nikmalarni oshirishga, nafaqat
bir o‘quv predmetidan balki turli o‘quv fanlaridan o‘zlashtirilayotgan bilimlar
majmuini rivojlantirish samaradorligiga pedagogik texnologiyalarning ta‘siri
o‘rganildi. Mazkur bosqichda pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish va
qo‘llashning usul va vositalarini takomillashtirish bilan birga o‘quv
mashg‘ulotlarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali shakl va
vositalari saralandi va tuzatilib borildi. qayta nazorat uchun o‘tkazilgan pedagogik
tajriba-sinov jarayoni ham mazkur bosqich davomida o‘tkazildi.
Maqsadimiz,
boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik
texnologiyalardan foydalanib barcha metod va vositalar yordamida hamda ―sinov‖
va ―o‘rgatuvchi‖ tajribalar asosida tanlab olingan xilma-xil o‘quv mashg‘ulotlarini
takomillashtirish shakli bo‘yicha, amalga oshirishning samaradorligini tahlil qilish
edi. Shu bilan birga, har xil o‘quv predmetlaridan egallangan ilmiy tushunchalarni
nazorat qilishni turli o‘quv predmetlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarni bir-biri bilan
aloqadorlikda qo‘llay olishning ko‘nikma va malakalarini egallashni hamda
pedagogik texnologiyalar mazmuniga ega bo‘lgan vazifalardan foydalanish
ko‘nikmalarini o‘quvchilarga puxta o‘rgatishni takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.
Pedagogik texnologiyalar funktsiyalariga amal qilib darsni tayyorlash va
o‘tkazishda barcha umumiy talablar qo‘yiladi. U g‘oyaviy yo‘nalganlikka ega
bo‘lishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning ilmiyligi va tushunarliligi o‘qishning
hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan aloqasini ta‘minlashi, o‘quvchilarning
idrok etish faoliyatlarini faollashtirishi kerak. Pedagogik texnologiyalarka tayanib
dars olib borish uslubiyoti o‘quv texnikasidan, muammoli masalalardan keng
foydalanishni, kitob bilan ishlashni, ko‘rgazmalilikni, guruhli o‘qish shakllarini
nazarda tutadi. Bundan tashqari darsning amaliy mashg‘ulotlari bilan, darsdan
tashqari faoliyat bilan aloqasi ham zarur. Dars materiallari pedagogik
texnologiyalar asosida olib boriladigan dars mazmuni va uslubiyotiga talablar
99
asosida o‘qituvchidan quyidagilarga asosiy e‘tiborni qaratish lozimligini talab
etadi:
- dars vazifalarini to‘g‘ri tanlay olishni (ta‘lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi);
- ob‘ektlar, savollar pedagogik texnologiyalar mavjudligini o‘rganishni;
- darsning o‘quv-uslubiy majmuasidan, shu jumladan darsliklar va boshqa fanlar
bo‘yicha texnik vositalardan foydalanishni;
- mukammal topshiriqlar yordamida o‘quv va idrok etish omillarini
shakllantirish, shu jumladan o‘quvchilarning boshqa fanlardan olgan
bilimlaridan foydalanish masalalarini;
- pedagogik texnologiyalarning turlari xilma-xilligini inobatga olib uni
mukammal amalga oshirishni;
- dars natijalarining sifati va samaradorligi, bilim va malakalarini oshirish,
o‘quvchini jamiyat talablari asosida mukammal bilimga ega va barkamol shaxs
darajasida tarbiyalash.
Pedagogik tajriba-sinov natijalarini ishlab chiqish davomida ilmiy
tushunchalarning o‘zlashtirish darajasini va o‘quvchilarning malakalarini
shakllanganlik darajasini baholash uchun elementlar bo‘yicha va operatsiyalar
bo‘yicha tahlil (tadqiqot) usullaridan foydalanildi. Negaki, mazkur usullar samarali
natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Bu haqda biz ilgari surgan ilmiy farazning to‘g‘riligi tasdiqlandi. SHu bilan
birga barcha pedagogik texnologiya xususiyatiga ega matematika darslarida
o‘zlashtirilayotgan ilmiy tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar mazmunini
o‘zlashtirish darajasi, mazkur mazmundagi masalalarni yechish mahorati oshadi.
Eslatish,
ko‘rsatish,
pedagogik
texnologiyalarni
qo‘llash
o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etish turli shakllari kabi pedagogik texnologiyalarni
amalga oshirish metodlaridan maqsadga muvofiq foydalanish tushunchalarini
yanada muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga boshlang‘ich sinf matematika fani bo‘yicha
egallagan bilimlariga nisbatan ijodiy yondoshishga, ro‘y berayotgan hodisalar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra bilish va topish hamda ularning sabab va oqibatlarini
tushuntirib berishga yordam berdi.
|