Uchinchi bobiga xulosa Bir necha bosqichda olib borilgan pedagogik tajriba-sinov jarayonining
vazifalari hamda ushbu vazifalardan kelib chiqib bajarilgan ishlar 3-bobning
mazmunini tashkil etadi. Tajriba-sinov jarayonining har bir bosqichida ma‘lum bir
maqsad belgilab olinib, shu maqsad asosida tuzilgan qat‘iy reja va dastur bo‘yicha
faoliyat olib borildi. Birinchi bosqich bo‘yicha tadqiq etilayotgan muammoning
dolzarbligi, hozirgi kungacha o‘rganilmay kelinayotganligi so‘rovnomalar
bo‘yicha o‘rganilib chiqildi va ilmiy adabiyotlarga tayanilgan holda asoslab
berildi. Ikkinchi bosqichda boshlang‘ich sinf matematika darslarda pedagodik
texnologiyalarning xususiyatlari va darajasi pedagogik tajriba-sinov ishlari
jarayonida aniqlandi, erishilgan natijalar olib borilgan ilmiy-tadqiqotimiz nuqtai
nazaridan baholandi. Ushbu bosqich davomida tadqiqot muallifi tomonidan
boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalari xususiyatlari,
shu asosda o‘quvchilar ilmiy tushunchalarini oshirishga doir o‘quv-uslubiy
qo‘llanma hamda metodik tavsiyanomalar yaratildi.
Navbatdagi uchinchi bosqichda tadqiqotimizda ilgari surilgan farazlarning
hayotiyligi, yangiligi, ishlab chiqilgan tavsiyalarning samaradorligi bo‘yicha
erishilgan natijalar umumlashtirildi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning tajriba-sinov
ishlari boshlanishidan oldingi va undan keyingi davrda boshlang‘ich sinf
matematika darslarida pedagogik texnologiyalarda o‘rganish asosida ta‘limni
tashkil etish hamda o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarini, bilimlarini oshirish
borasidagi mahoratlar dinamikasi o‘rganildi. Ushbu bobda tadqiqotdagi asosiy
g‘oya, qarash va qonuniyatlar qat‘iy ilmiy shaklni olganligi yoritildi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika fanlarni o‘rganish jarayonida
ilmiy tushunchalarni rivojlantirish uchun pedagogik texnologiyalarni amalga
oshirish uchun qo‘llaniladigan barcha shakl va vositalardan foydalanildi. Ularning
sifat va samaradorligini tekshirish maqsadida tajriba-sinov jarayoniga ta‘limning
muntazam shakli joriy etildi. Boshlang‘ich sinf ta‘limi jarayonida o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning puxtalik va mustahkamlik darajasiga,
o‘quvchilarning matematika darslarida bilimlarni egallash va o‘zlashtirishga
105
bo‘lgan qiziqishlarida mahorat va ko‘nikmalarni oshirishga, nafaqat bir o‘quv
predmetidan, balki turli o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlar majmuini
rivojlantirish samaradorligiga pedagogik texnologiyalarning ta‘siri o‘rganildi.
Ushbu bobda pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish va qo‘llashning usul va
vositalarini takomillashtirish bilan birga o‘quv mashg‘ulotlarida pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning mukammal samarali shakllari saralandi va
qo‘llanilish metodlari yoritildi. Qayta nazorat uchun o‘tkazilgan pedagogik tajriba-
sinov jarayoni ham ushbu bosqich davomida o‘tkazildi.
Undan ko‘zlangan maqsad, pedagogik texnologiyalarning barcha didaktik
funktsiyalarini turli usul va vositalar yordamida hamda ―sinov‖ va ―o‘rgatuvchi‖
tajribalar asosida tanlab olingan xilma-xil o‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirish
shakli bo‘yicha amalga oshirishning samaradorligini kompleks tahlil qilishdir.
Ushbu bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilarining
so‘rovnomalar asosida ―pedagogik texnologiyalar‖ning qo‘llanilishi bo‘yicha fikr-
mulohazalari foiz hisobida jamlanib, ijobiy va salbiy fikrlari, so‘rovnomalarning
natijalari ilmiy jihatdan tahlil etildi.
Pedagogik tajriba-sinov natijalari ko‘rib chiqilgan. Olib borilgan tajriba-
sinov jarayoni davomida olingan ma‘lumotlar, boshlang‘ich sinf matematika
darslarida pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish natijasida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari egallashi mumkin bo‘lgan bilimlarga ilmiy tushunchalarga nisbatan
ko‘nikma va malakalarni oshirib borishi ushbu bobda yoritildi.
Biz ilgari surgan ilmiy farazning to‘g‘riligi tasdiqlandi. Shu bilan birga
barcha pedagogik texnologiya xususiyatiga ega fanlardan o‘zlashtirilayotgan ilmiy
tushunchalar
o‘rtasidagi munosabatlar mazmunini o‘zlashtirish darajasi,
masalalarni yechish mahorati birmuncha oshdi.
Tajriba-sinov ishlarining ushbu bosqichi davomida bir necha o‘qituvchilar
tajriba-sinov ishlarining boshlanishida pedagogik texnologiyalarni amalda kam
qo‘llashlari aniqlandi. Pedagogik tajriba-sinov jarayonida jami 48 nafar
o‘quvchilar ishtirok etdi. Olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini shartli
ravishda 3 ta ball ―1‖-quyi, ―2‖-o‘rta va ―3‖-yuqori ko‘rsatkichlar bilan ifodalab
106
oldik. Ushbu bobda tajriba guruhlaridagi ko‘rsatkichlar yuqori ekanligi e‘tiborga
olinib, olib borilgan tadqiqot ishlarining samaradorligi isbotlab berildi.