Odam va hayvonlar fiziologiyasi


Biotoklarni kuzatish: Galvanining 1- va 2-tajribalari (tinchlik toki), Mateuchchi tajribasi (harakat toki)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə16/20
tarix14.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#57904
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-lab

Biotoklarni kuzatish: Galvanining 1- va 2-tajribalari (tinchlik toki), Mateuchchi tajribasi (harakat toki).

"Hayvon elektri"ni 1791 yili italyan olimi L.Galvarii kashf etgan edi. U baqa boldir mushagining nerv-mushak preparatini tayyorlab, shu preparatni shisha plastinkaga qo'yib, shisha ilmoq bilan nervni o'sha nervdan tola oladigan mushak ustiga tashlagan. Nerv mushakka tushgan paytda mushak qisqaradi. Galvani tirik mushak elektr harakatlantiruvchi kuch manbai bo'lishi to'g'risidagi genial taxminni bayon qilgan. Bu hodisani tushuntirish uchun Galvanining birinchi va ikkinchi tajribalarini navbat bilan bajaramiz.



Galvaninine birinchi tairibasi (1791 v.). Tajribaga kerakli anjomlar: bimetall pintset, asboblar yig'indisi, jomcha, universal shtativ, doka salfetkalari, Ringer eritmasi, baqa.

Tajriba o'tkazish tartibi Baqaning oyoqlaridan 2 ta nerv-mushak preparati tayyorlanib, shtativga osiladi. Mis va temirdan yasalgan bimetall pintsetning (Galvani pintseli) mis va temir qismlariga umurtqa pog'onasidan chiqayotgan quymich nervi tolalariga tekkizilganda oyoq mushaklarining qisqarishi kuzatiladi (55-rasm, a).

Tairibani rasmivlashtirishga doir ко 'rsatmalar. Tajriba sxemasini chizing, mushakning qisqarish sababi to'g'risida xulosa chiqaring.

Galvaninine ikkinchi tairibasi (1792 vJ. Galvanining ikkinchi tajribasi yordamida jarohatlangan va jarohatlanmagan mushak sathlarida biotoklar mavjudligi ilk bor inkorqilib bo'lmaydigan darajada isbotlangan. Agar bir mushak preparatining nervi metallar ishlatilmaydigan holda shisha ilgak yordamida ikkinchi shikastlangan mushak yuzasiga tashlansa, shikastlangan va shikastlanmagan mushak to'qimalari orasida hosil bo'lgan potentsiallar farqi (biotoki) hisobiga u nerv tolasida qo'zg'alish hosil bo'ladi va ikkinchi mushakning qisqarishiga sababchi bo'ladi.

Tijribaga kerakli anjomlar: asboblar yig'indisi, jomcha, ko'z tomizgich, shishadan yasalgan ilgak, doka salfetkalari, Ringer eritmasi, baqa.

Tajriba о 'tkazish tartibi Baqa orqa oyoqlaridan nerv-mushak preparati tayyorlanadi. quymich nervi ajratilgach, alohida mushak qismi shu zahotiyoq shikastlangan mushak sathiga ajratilgan nerv shisha ilgak yordamida kesilgan (shikastlangan) mushak yuzasiga tashlanganda (nerv bir vaqtda jarohatlangan va jarohatlanmagan joyga tekkanda) (55-rasm, b). Ikkinchi preparatda mushak qisqarishi yuzaga keladi.



Tairibani rasmivlashtirishga doir ko'rsatmalar. Tajriba sxemasini chizing, xulosada baqa mushagining qisqarish sabablarini tushuntirib bering.

Matteuchi tajribasi Skelet mushagi harakat toki bilan nervni ta'sirlash (ikkilamchi tetanus). Matteuchi 1838 yilda nerv-mushak preparatining qisqarayotgan mushagiga boshqa nerv-mushak preparatining nervi tashlangan taqdirda uning ham qisqarishi mumkinligini isbotladi. Shunga asosan mushak qo'zg'alganda, unda hosil bo'lgan tok boshqa nerv-mushak preparati uchun ta'sirlagich vazifasini bajarishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Bu toklar harakat toklari deb nomlandi.

Tairibaga kerakli anjomlar: asboblar yig'indisi, jomcha, stimulyator, elektrodlar. shisha ilgak, po'kakli plastinka, Ringer eritmasi, baqa, filtr qog'ozi.

Tajriba o'tkazish tartibi Baqa harakatsizlantiriladi va uning orqa oyoqlandan 2 ta preparat tayyorlanadi. Shundan keyin shisha ilgak bilan quymich nervlari ikkala preparatdan tizza bo'g'imigacha ajratilib, boldir va oyoqlar qoldirilgan holda son suyaklari va mushaklari kesib tashlanadi. Bitta preparat nervi umurtqa pog'onasi bilan qoldiriladi, boshqasida esa umurtka pog'onasi kesib tashlanadi. Ikkala oyoq probkali plastinkaga taxlab qo'yiladi. Shisha ilgak yordamida bitta nerv-mushak preparatining nervi (umurtka bo'lakchasi bilan) stimulyatorga ulangan elektrodlarga joylashtiriladi. Shu preparat mushaklariga uzunasiga ikkinchi nerv-mushak preparatining nervi joylashtiriladi (56-rasm). Birinchi nerv-mushak preparatining nervi ritmik ta'sirlanganda va ikkinchi boshqa oyog'i ham tetanik qisqarishi kuzatiladi.

Ishni bajarish paytida nervni ajratishga g'oyat ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va preparatni tayyorlash paytida nerv qurib qolmasligini ta'minlash zarur. Tajribani boshlashdan oldin birinchi preparat mushagining ustki qismi va ikkinchi preparat nervi filtrli qog'oz yordamida quritilishi lozim.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin