Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Hhjg

Eslatma (mulohaza)lar 
1. Ikkilangan (matnli bo‘lmagan) fayllar ekranga chiqarilganida turli xildagi maxsus
simvollar chiqadi. 
2. Faylni ekranga copy con fayl nomi buyrug‘i yordami bilan ham chiqarish mumkin. Bu 
buyruq type fayl nomi buyrug‘idan shu bilan farqlanadiki, type buyrug‘i tabulyatsiya simvollari 
o‘rniga keyingi simvol oldindagiga qaraganda 8 marta katta bo‘lgan pozitsiyadan boshlanishi 
uchun yetarli bo‘lgan miqdorda bo‘sh joy chiqaradi, copy con esa bu ishni bajarmaydi. 
3. Fayllarni ishlab chiqishning maxsus dasturlari masalan, Norton Commander tarkibiga kir-
uvchi WPVIEW dasturini ishlatish qulayroqdir. Wpview fayl nomi buyrug‘ini kiritib, siz
ekranda faylni u bo‘yicha kursor tugmachalarini va PgDn, PgUp, Home, End bo‘yicha harakat 
qilib, ko‘rib chiqishingiz mumkin. “F4” tugmachasi faylni o‘n oltilangan ko‘rinishda va aksincha 
rejimga o‘tish imkonini beradi. “F8” tugmachasi yordamida siz hujjatni ko‘rib chiqish rejimini 
tanlashingiz mumkin (WPView dasturi hujjatlarning turli muharrirlari: Work, Word Perfekt va 
hokazolarning fayllarini ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi), chiqish uchun “Esc” tugmachasini 
bosamiz. 
Monitorning ekranini tozalash. 
Monitorning ekranini tozalash uchun Cls dasturi mavjud. 
Buyruqning formati: cls 
Monitor ekrani tozalanadi. Ekranning birinchi satrida DOS ning taklifi paydo bo‘ladi. 
Faylni bosmaga (chop etishga) chiqarish. 
Matn faylini bosmaga chiqarish uchun copy va prn buyruqlardan foydalanish mumkin. 
Buyruqning formati: copy faylning nomi prn. 


Opratsion tizimlari 
30 
Bu buyruqni berishdan oldin printer yoqilgan va tayyor holatda bo‘lishi kerak. 
Eslatma (mulohaza)lar: 
1. Ikkilangan (matnli emas) fayllarni ekranga chiqarganda va chop etganda turli xildagi
maxsus simvollar aks etishi, va har hil kodli bo‘lmagan matnlar ochilishi mumkin. 
2. Copy va Print buyruqlari yordamida chop etishga faqat matn fayllarini va ushbu printerda 
bosish uchun maxsus tayyorlangan fayllarni (masalan, matn muharriridagi yoki grafik
muharrirdagi hujjatni "faylga bosish" natijasi sifatida) chiqarishi mumkin. Agar Copy va Print 
buyruqlari yordamida buning uchun mo‘ljallanmagan fayllarni chop etishga urinib ko‘rilsa, u 
holda printer o‘qish mumkin bo‘lmagan matnlarni chiqaradi. 
3. Norton Utilities majmuasidan bo‘lgan LP dasturi matnli fayllarni bosishga betlarni
sahifalab, betlarning tartib raqamini sarlavhalarini chiqarib, berilgan (belgilangan) chap va
yuqori hoshiyalar va hokazolar bilan chiqarish imkonini beradi. Dasturni chiqarish uchun LP/? 
buyrug‘ini kiritib belgilab olish mumkin. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin