Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784


Keywords: dialect, literary language, etymology, semantic group, vocabulary.  KIRISH



Yüklə 305,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix06.10.2023
ölçüsü305,38 Kb.
#152683
1   2   3   4   5   6   7
107 Kilichev Bayramali Ergashovich 746-751

Keywords: dialect, literary language, etymology, semantic group, vocabulary. 
KIRISH 
Adabiy tilning rivojida sheva va lahjalar o‘zining munosib o‘rniga ega. Shevalar 
vositasida adabiy til boyiydi hamda taraqqiy etadi. Xalq tilidagi qayd etilgan sheva
lahja, dialekt, adabiy til, milliy til kabi tushunchalarning o‘ziga xos jihatlari o‘zaro 
munosabatlari, farqli tomonlari, shakllanish davrlari va taʼriflari anchagina 
o‘rganilgan va ular asosida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan.


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(1), Jan., 2023 
747 
O‘zbek shevashunosligi sohasida juda katta tadqiqotlar amalga oshirilganligi 
ma’lum. Bular sirasiga Sh.Shoabdurahmonov, B.Jo‘rayev, F.Abdullayev, 
S.Ibrohimov, M.Mirzayev, A.Shermatov, X.Doniyorov kabi olimlarning olib borgan 
izlanishlari e’tiborga loyiq. 1960-1970-yillarda avj olgan dialektologik 
tadqiqotlarning 1980-1990-yillarda birmuncha so‘nishi fanimizda taraqqiyotning bir 
dialektik bosqichi – imperik-tavsifiy ishlarning ma’lum darajada o‘zining yuqori 
taraqqiyot cho‘qqisiga yetganligi, yangi tahlil usullariga o‘tishi taraqqiyotni 
ta’minlash bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘zbek tili o‘zining ko‘p shevaliligi va ularning har biriga xos xususiyatlarning 
rang-barangligi bilan boshqa turkiy turkiy tillardan ajratib turadi. Bu holat o‘zbek 
shevashunosligining turli sohalarida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari hamda 
shevalarda saqlangan tarixiy-etnolisoniy ma’lumotlar vositasida dalillanadi. 
Ammo sheva ulkan xazina bo‘lib, uni o‘rganish orqali ko‘plab bilim va 
yangiliklarga ega bo‘lish imkoni paydo bo‘ladi. Shu holat sababli ushbu axborotda 
adabiy tilimizning tayanchi sanalgan sheva materiallarini etimologik, leksik, 
etnografik hamda folklorshunoslik nuqtayi nazaridan izohlab o‘rganamiz. 

Yüklə 305,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin