Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 305,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix06.10.2023
ölçüsü305,38 Kb.
#152683
1   2   3   4   5   6   7
107 Kilichev Bayramali Ergashovich 746-751

Chilyakro‘zon
(qirq bir kunlik) nomi 
ham baʼzi joylarda ishlatiladi. 
Joyg‘undoron 
– joy – ko‘rpa-to‘shak maʼnosida; g‘undoron – fors-tojikchada 
yig‘moq so‘zlaridan olingan bo‘lib, nikoh to‘yidan keyin o‘tkaziladigan marosim. 
Challadi – 
aslida chorladi. Ushbu marosim nomi Charlar (Toshkent), Challadi 
(Buxoro), Chaqirdi (Surxondaryo) shakllarida uchraydi. 
To‘ydan 
keyin 
o‘tkaziladigan marosim bo‘lib, 
kelin chaqirdi, kuyovchaqirdi, qizchaqirdi, 
qudachaqirdi 
kabi bir qancha ko‘rinishlari bor. 
Kelinchaqirdi
da yangi tushgan 
kelinchakning chillasi chiqqach, o‘zining va kuyovning yaqin qarindoshlari uylariga 
chaqiradi. Bundan ko‘zlangan maqsad kelin-kuyovga hurmat ko‘rsatish bilan birga, 
kuyov taraf uchun kelin bilan yaqindan tanishishdir. Kelin chaqirilgan xonadonga 
kirguncha uy egalariga, uyning ostonasiga ta’zim qilib kiradi. Kelin-kuyovga 
sovg‘alar in’om etiladi.
Kuyovchaqirdi
odatda kelinning ota-onasi, yaqin 
qarindoshlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Sarshuyon – 
fors-tojik tilida 
sar – bosh, shuyon – yuvmoq
so‘zlaridan olingan. 
Nikoh to‘yidan yetti yoki o‘n kun o‘tib kuyovning uyida bo‘lib o‘tuvchi marosim.
Raxzanon –
atama rax va zanon qismlaridan iborat bo‘lib har ikkalasi ham fors 
tiliga mansub. Rax (raxt) – ko‘rpa-ko‘rpachalarning ustma-ust terilgani; zanon – 
urmoq, termoq. To‘yda ko‘rpa-ko‘rpachalarning ustma-ust terilishi bilan bo‘liq 
marosim. 
Oshbiyon – 
aslida bu atama 
osh 
va 
bibiyon
(bibilar) kabi ikki qismdan tashkil 
topgan. Oshbiyon baʼzan Bibi Seshanba deb ham ataladi. B
ibi Seshanba, Seshanba 
ona – o‘zbeklar va tojiklarning afsonalarida oilaviy baxt, shuningdek ip yigirish va 
tikuvchilik kabi hunarlarning homiysi, piri. Bibi seshnba sharafiga ayollar seshanba 
kunlari to‘planib, yig‘in, marosim o‘tkazish, uni keksa, olijanob kampir siymosida 
tasavvur etib, Bibi Seshanbadan oilaviy turmushda o‘zlari uchun saodat, kasblari 
uchun rivoj berishini tilab, u to‘g‘ridagi rivoyatlarni yodga olish, o‘qish odati bor [en] 
kabi maʼlumotdan anglash mumkinki, ayollar ishtirokidagi ushbu marosim nomi ham 
sheva taʼsirida o‘zgargan. 
Padaroshi – 
atama ikki qismdan tuzilgan: padar+osh. Padar – fors-tojikchada 
ota
maʼnosini anglatadi; osh esa asosan palov maʼnosida qo‘llanadi. Padaroshi nikoh 
to‘yida kuyovning uyida erta saharda osh berish marosimini anglatadi. 



Yüklə 305,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin