Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1), Jan., 2023 749
Jomapo‘shon – joma va po‘shon asoslaridan tuzilgan ushbu so‘z sarpo
kiyitmoq – kuyovga chopon kiydirish marosimini anglatadi. Jomapo‘shon padaroshi
marosimida amalga oshiriladi.
Sallabandon – salla – bosh kiyimi, bandon (forscha) bog‘lamoq bo‘lib, voyaga
yetgan qizlar, ayollarga ota-onasining zimmasidagi vazifa sifatida salla o‘rash bilan
bog‘liq marosimini ifodalaydi .
Ko‘rdi – sof o‘zbekcha so‘z bo‘lib,
ko‘rdi ning maʼnosi to‘ydan bir necha kun
o‘tib, yangi tushgan kelinni ko‘rib, unga sovg‘a-salom berishdir.
Buxoro shevasidagi taom nomlari ham eʼtiborga sazovor. Quyida ularning
baʼzilari bilan bog‘liq qarashlarni bayon etamiz.
Sho‘rbo – adabiy tildagi sho‘rva. Uning etimologiyasiga qaraydigan bo‘lsak,
fors-tojikcha “sho‘r oba”, yaʼni tuzli, sho‘r suv va undan tayyorlanadigan suyuq taom
(5:86).
Piyoba (piyova) –
piyoz hamda
ob, yaʼni suvdan tayyorlanadigan suyuq taom
bo‘lib, ilgari
piyoz oba deb atalib, so‘ng fonetik hodisaga uchrab, piyoba shakliga
kelib qolgan.
Moshoba – mosh va ob (suv) so‘zlaridan kelib chiqqan taom.
Qurutoba – qurut, suv, go‘sht va sabzavotlardan tayyorlanadigan yaxna taom.
Birinjoba – birinj – guruch va suvdan tayyorlanadigan suyuq taom.
Obiro‘g‘an – ob – suv, ro‘g‘an (rovg‘an) – yog‘ deganidir. Obiro‘g‘an
palovning guruch solingungacha bo‘lgan jarayoni, yaʼni yog‘, g‘o‘sht, piyoz, sabzi
solingan qismi, adabiy tildagi
zirvak so‘zining aynan o‘zidir.
Ko‘rinib turibdiki,yuqorida
ob so‘zi yordamida tarkib topgan taom nomlari
anchaginani tashkil etadi. Ovqat nomidan tashqari baʼzi suyuqlik nomlari ham
ob so‘zi bilan yasalgan. Masalan: objo‘sh – jo‘sh (forscha) qaynamoq degani bo‘lib, obi
jo‘sh so‘zidan kelib chiqib, qaynagan suv deganidir; g‘o‘lingob – g‘o‘ling – o‘rikning
quritilgani, turshak bo‘lib, turshak va suv qo‘shib tayyorlanadigan ichimlik nomi (6:
101).
Shuningdek, Jondor shevasida shirbirinj, sho‘rtoppa, maydaosh kabi toam
nomlri ham uchraydiki, ular boshqa hududlarda qo‘llanmaydi.
Shirbirinj – tojikcha
shir – sut, birinj – guruch so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, sut va guruchdan
tayyorlaniluvchi quyuq taomni ifodalaydi.
Sho‘rtoppa – lag‘monga o‘xshash xamirli
taom bo‘lib, tuzli suvda qaynatilib, to‘p-to‘p qilib laganga solingani uchun
"sho‘rto‘ppa" nomini olgan.
Maydaosh – Jondor shevasida chuchvara shu nom bilan
ataladi. Mayda-mayda tugilgani bois
mayda osh nomini olgan.