Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
 
Lift, eskalatorlar 
Avtomat liftlarda ayol yo‘ldoshsiz bo‘lsa, tugmachani o‘zi bosadi. Panelga 
yaqin turgan erkak boshqalardan qavatning kerakli tugmachasini so‘rab bosadi. 
Odamlar ko‘p bo‘lgan liftda birinchi bo‘lib ayollar chiqadilar.
Xuddi shu tarzda xizmat muassasalardagi erkaklar liftga kirish uchun ayollarga 
yo‘l berib chetda turadilar. Lift to‘la odamlar oldida ayol bilan ketayotgan bo‘lsa 
ham, erkak bosh kiyimini yechmaydi. Mehmonxona yoki pod’ezd lifti ichida, qo‘li 
boshqa narsalar bilan band bo‘lmagan erkak, ayol kirganda bosh kiyimini yechadi. 
Odamlar bilan to‘lgan liftda tarbiyali kishilar chiqib ketayotganlarga yo‘l beradilar. 
Ayol bilan birga liftga kirgan kishi hamisha ayolga yordam bera olmaydi, vaziyatga 
qaraladi. 
Boshqa joyda bo‘lgani kabi ham liftda uchratilgan tanish bilan ko‘rishiladi. Lift 
– ko‘cha va zinpapoya kabi «jamoat joyi»dir, bosh kiyimni yechish shart emas. 
Ayolni kuzatayotgan erkak yuqoriga harakatlanayotgan eskalatorga birinchi 
bo‘lib chiqishiga yo‘l beradi, agar biron sabab bilan yuqoriga chiqib chiqishga 
yordam bermaydigan bo‘lsa. Eskalatordan chiqishda esa erkak ayolga yordam berish 
uchun birinchi bo‘ladi. 
 
Do‘kon 
Do‘kondagi xarid jarayonida, sotuvchini ikkilanishdan paydo bo‘lgan turli 
injiqliklar bilan qiynamaslik joiz. Kassaga yaqinlashganda qiymat aniqlangach, oxirgi 
daqiqalarda karmon yoki sumka kovlab vaqt ketkazmaslik uchun xarid uchun 
taxminiy hisob bo‘lishi lozim. Qaytimni tekshirib, uzoq qolib kyetish ham nojoiz. 
Hayotning zamonaviy tizimi bizdan aniq va tez harakatlarni talab qiladi. Do‘kon 
eshigida avval chiqayotganlarni o‘tkazib yuborib, so‘ng kirish tiqilinchni paydo 
qilishning oldini olgan bo‘lasiz. 
Katta do‘konlar va boshqa ko‘pchilikka xizmat ko‘rsatadigan muassasalarda 
bosh kiyim yechilmaydi. Ammo individual xizmat ko‘rsatilayotgan mijoz (masalan: 


144 
atelye, sberkassa yoki pochta) bosh kiyimini yechishi va xizmatchi bilan 
ko‘rishmog‘i lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin