Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti


Moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi



Yüklə 132,96 Kb.
səhifə8/18
tarix13.05.2023
ölçüsü132,96 Kb.
#113228
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Jabborova Dilafruz

Moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi (R.Buae, G.Stending) 70-yillarning oxirida, nisbatan rivojlangan G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirilayotgan davrda keng tarqaldi. Uning asosida ishchi kuchi bozorini tartiblashdan voz kechish, bandlikning moslashuvchan, funksional jihatdan individuallashtirilgan va nostandart shakllariga (qisman bandlik, to‘liq bo‘lmagan ish haftasi yoki ish kuni, qisqa muddatli shartnomalar, uyga ish olish va h.k.) o‘tishning zarurligi to‘g‘risidagi qoidalar yotadi. Bunday yondoshuv iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ishga yollash, ishdan bo‘shatish va bandlik shakllarining turliligi va moslashuvchanligi; ish vaqtini tartibga solishning moslashuvchanligi; ish haqini tabaqalashtirish asosida tartibga solishning moslashuvchanligi; ishchilarni ijtimoiy himoyalash usul va shakllari, shuningdek, ishchi kuchi bozoridagi talab va taklifning tebranishiga ishchi kuchi hajmi, tarkibi, sifati va narxi muvofiqlashuvining moslashuvchanligi hisobiga erishiladi. Umuman olganda moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi tadbirkor va ishchilar o‘zaro munosabatlarining turli shakllarini mavjudligini taqozo etib, ishchi kuchi bozorining yalpi xarajatlarini ratsionallashtirish, foydalilik darajasini oshirish va yuqori harakatchanligini ta’minlashga qaratilgan.


Bandlik va ishsizlik, ularning mohiyati va mazmuni.

    1. Mehnat bozorini tashkil etuvchilari.

Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.
Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoliyat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab mehnat bozori mahalliy-hududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez oʻsadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).
O‘zbekistonda aholining 60 foizga yaqinini ishchi kuchi resurslari tashkil etadi. Ishchi kuchi resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilgan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa mehnat zahiralarini tashkil etadi. CHunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi tarkibiga qo‘shilishlari mumkin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda respublikada ishchi kuchi resurslari soni (2019 yil) 19 007,8ming kishini tashkil etadi (1-jadval).



Yüklə 132,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin