Osiyo xalqaro universiteti tarix s6 guruh talabasi sharilloyev otabekning o‘zbekiston tarixidan



Yüklə 42,12 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü42,12 Kb.
#181489
1   2
mustaqil ishlar O\'zbekiston tarixi

Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556-557 yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi.
Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hozirgi Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli ChochFargʻonaUstrushonaSamarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va sugʻdiy Maniax boshch iligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron bilan orani uzibVizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya oʻrtasida 571 y. jang boshlangach, gʻarbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 yildanoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-asrning soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi.




Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan. Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi.
Qapagʻan xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699 yilda jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 y. Tangut oʻlkasiga, 701 y. Xitoyning shimoli-gʻarbidagi „Oltu Chub Sugʻdaq“ oʻlkasiga, 703 yilda basmillarga, 705— 706 yillarda bayirqularga, 709 yilda chik va azlarga, 710 yilda qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 yilda qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg., 1YI yilda oʻgʻuzlarga, 718 yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum boʻladi. 740-yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742—744 yillarda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 yilda ittifoqchilar Turk xoqonligining soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi.


Davlatning Gʻarb tomon kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. 563-567 yillarda turkiylar eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo boʻyida Eron sosoniylari bilan toʻqnash kelishgan. Turkiylar va Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi kurashgan paytda ular oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor keltirgandan soʻng esa, ular bilan Eron oʻrtasida oʻzaro mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo yoʻllariga egalik qilishga boʻlgan intilishlari Eron bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining savdo masalalari boʻyicha elchilarining Eronga tashrifi muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va soʻnggi elchilik aʼzolari esa zaharlanganlar. Shundan soʻng turkiylar Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanadi.

Yüklə 42,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin