Osiyo xalqaro universiteti tarix s6 guruh talabasi sharilloyev otabekning o‘zbekiston tarixidan



Yüklə 42,12 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü42,12 Kb.
#181489
  1   2
mustaqil ishlar O\'zbekiston tarixi




OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
TARIX S6 GURUH TALABASI
SHARILLOYEV OTABEKNING O‘ZBEKISTON TARIXIDAN
MUSTAQIL ISHI


Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyo

Reja:


  1. 6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqa.

  2. 580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar.

  3. Turk xoqonligining boshqaruvi.



6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi.
Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy Ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining janubiy. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang Bumin xoqon, Istami xoqon).
555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi koʻl ostiga oʻtadi.




580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketadi.
Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan. Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi.




Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qoʻshishda xoqonlar Bumin (551-552), Mugʻon (553572), Taspar (572—581), Toʻnga Turon (588— 600), Shibi (609—619), Elxoqon (620—630), Qutlugʻ Eltarish (680— 691), Bekchoʻr Qapagʻan (691—716), Bilga (716—734) va bosh vazir Toʻnyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Koʻl Tegin) (684—731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi hukmdorlari Istami yabgʻu (552576), Tardu (576603), Tun yabgʻu (618—630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi.


Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.


Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k.





Yüklə 42,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin