1.18-rasm
.
Instrumentlar paneli.
1.4.5. Analog va raqamli xotira qurilmalari
Statistik xotira qurilmalarining yacheykalari ikki tugun holatda tura oladigan
turli variantlarda yasalgan triggerlardan iborat. Bu triggerlar ixtiyoriy bir tugun
holatda istagancha vaqt tura oladi. Faqat bu hollarda qurilmaga elektr manbai
(energiyasi) berilib turishi kerak.
Statistik mikrosxema yacheykasi adresiga murojaat qilinganda unga adres
to‗lig‗icha berilib, ichki deshifrator yordamida signalga aylantirilib, aniq
yacheykaga uzatiladi. Bunday tildagi xotira yacheykalari yacheykasi juda qisqa
128
ishga tushish vaqtiga (bir necha o‗n na nosekund) ega, bu mikrosxemalar juda oz
solishtirma zichlikga (bitta korpusga M bit atrofida) va katta elektr energiyasini
iste‘mol qiladi. Shuning uchun bu prinsipda ishlovchi xotiradan, asosan, bufer
xotira (kesh-xotira) sifatida foydalaniladi. Dinamik xotirlash qurilmalari ma‘lum
joyda elektr zaryadining yig‗ilishi prinsipida ishlaydi. U statistik xotira
triggerlariga nisbatan oz joy egallaydi va deyarli elektr energiyasini informatsiya
saqlash jarayonida ishlatmaydi. Informatsiyani xotira ( "Kompyuter xotirasi va
yordamchi xotira" haqida referat ) yacheykasiga yozishda bir necha milli sekund
ichida zaryad to‗planadi va juda qiska vaqt saqlanadi. Xotira yacheykasida bitni
doimo saqlab turish uchun yacheykani regeneratsiya-qayta yozib turish kerak.
Dinamik xotira mikrosxemalari yacheykalari turi to‗rtburchak sifatidagi
matritsa sifati tashkil etilgan. Mikrosxemaga birinchi murojaat qilinganda RAS
(ROW Address Strob-ustun adressi stobi) signali orqali mikrosxema kirishiga satr
adresi beriladi. Keyin CAS (Column Address Strob-ustun adressi stobi) signali
orqali mikrosxema kirishiga ustun adresi beriladi. Har safar biror yacheyka satri
|