122 Faylning to‗liq nomi- deb faylning quyidagi ko‗rinishiga aytiladi:
Disk:/ Yo„l / Fayl nomi. Demak, faylning to‗liq nomi-disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha
bo‗lgan yo‗l va fayl nomidan tashkil topadi. Disk nomi, fayl joylashgan
kataloggacha bo‗lgan yo‗l va fayl nomi bir-biridan ―/‖bilan ajratiladi. Bu yerda
disk nomi ko‗rsatilmasa, joriy disk, agar yo‗l ko‗rsatilmasa joriy katalog
tushuniladi. Masalan,
A :\ informatika. txt –A diskning tub katalogidagi
informatika. txt fayli.
Kompyuterda ma‘lumotlarni saqlash strukturalarini boshqarish va ko‗rib
chiqishni ikki usulda bajaradi:
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) va
«Provodnik» (Boshlovchi) ilovalari yordamida.
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasi kompyuterning faylli
strukturasini va disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan,
«Panel upravleniya» (Boshqarish paneli) va
«Printeri» (Chop etish qurilmalari) ilovalari faoliyatini
muvofiqlashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi.
«Moy kompyuter» fayllarni o‗chirish, qayta nomlash, joyini o‗zgartirish, ulardan nusxa olish uchun
ishlatilishi ham mumkin.
Ish stolidagi
«Moy kompyuter» obyektida sichqonchani ikki marta
bossangiz, ilova oynasi ochiladi.
«Moy kompyuter» oynasi ochilganda, unda
fayllar strukturasining yuqori pog‗onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo‗lgan
disklar kulrang obyektlar bo‗lib, qolgan resurslar—sariq jild ko‗rinishida namoyish
etiladi.