Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
119
elementlari ma‘lum uzunlikdagi mashina so‗zini saqlovchi xotira katagiga 
birlashtiriladi. Xotira katagiga joylashtirish mumkin bo‗lgan ikkili xonalar (bitlar) 
soni xotira xonaliligini belgilaydi. Xotira kataklari xotira blokiga birlashtiriladi. 
Har bir paytda xotira blokining faqat bir katagiga murojaat amalga oshiriladi. 
Murojaat berilgan adres bo‗yicha xotira blokidagi kerakli katakni qidirib topib, 
unga axborotni yozishni yoki undan axborotni o‗qishni bajara oladigan sxemalar 
yordamida amalga oshiriladi. Bu sxemalar xotira qurilmasining boshqaruvchi 
sxemalari deb yuritiladi. Bitta yoki bir nechta bir xil xotira blogi hamda adresni 
qabul qiluvchi bitta umumiy kanaldan hamda mashina so‗zlarini qabul qiluvchi va 
uzatuvchi bir xil kanallardan iborat boshqaruvchi sxemalar xotira qurilmasini 
tashkil etadi. Xotira qurilmasi quyidagi uchta rejimda ishlashi mumkin. 1. Katakka 
axborotni yozish. 2. Katakdan axborotni o‗qish. 3. Axborotni saqlash. 
Ba‘zi bir fizik muhitlarda qurilgan xotira qurilmalarida o‗qish katakda 
saqlanayotgan axborotni buzilishiga olib keladi. Bu holda har bir o‗qishdan so‗ng 
o‗qilgan axborotni o‗zining katagiga qayta yozish lozim. Bu jarayon tiklash yoki 
regeneratsiya deb yuritiladi. Xotira qurilmasining sifati va uning biror hisoblash 
mashinasida yoki sxemasida ishlatilishining maqsadga muvofiqligi qator 
parametrlar bilan belgilanadi. Bu parametrlarning ichida eng muhimlari hajm, 
tezkorlik, ishonchlilik va qiymatidir. Xotira qurilmalari hajmi unda bir vaqtda 
saqlanishi mumkin bo‗lgan axborot birliklarining eng katta soni bilan aniqlanadi 
hamda bitlarda, Kbitlarda va Mbitlarda ifodalanadi. Ba‘zida xotira qurilmasi hajmi 
baytlarda, Kbaytlarda va Mbaytlarda ifodalanadi. Xotira qurilmasi hajmining har 
biri n xonali so‗zni saqlay oluvchi xotira kataklari soni N orqali baholash keng 
qo‗llaniladi. (M=n*N). N kattaligi so‗z, Kiloso‗z va megaso‗zlar soni orqali 
ifodalanadi. Xotira qurilmasi tezkorligini uning vaqt xarakteristikalari yordamida 
ifodalash mumkin. Xotira qurilmasi vaqt xarakteristikalariga kerakli katakni 
qidirib topishga ketgan vaqt–qidiruv vaqti tq, yozish vaqti tyoz, o‗tish vaqti to‗q, 
o‗qish katagida saqlanayotgan axborotning buzilishiga olib keladigan xotira 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin