114
parametri hajmidan tashqari ma'lumotlarni o'qish va yozish tezligi hisoblanadi.
Ma'lumotlarni yozish va o'qishda hech qanday dasturlarning keragi yo'q va
ishlatish juda soddadir. Flesh xotiralarni sotib olishda pulingizni ayamasdan o'sha
paytdagi eng katta hajmliligini sotib olavering, sababi bu xotira qurilmasi juda
katta tezlikda o'z hajmini kattalashtirib yubormoqda.
1.4.1. Asosiy xotira qurilmasi va uning fizik strukturasi
Zamonaviy kompyuterlarda 3 turdagi xotira qurilmalari ishlatiladi:
1. ROM (Read Only Memory )-doimiy saqlash qurilmasi. Bu qurilmaga
ma`lumotlar yozib bo`lmaydi.
2. DRAM (Dynamic Random Access Memory)- ixtiyoriy murojaat qilish mumkin
bo`lgan dinamik xotira qurilmasi.
3. SRAM (Static RAM)-statik operativ xotira
ROM
turidagi xotirada ma`lumotlarni faqat saqlash mumkin bo`lib, unga
hech narsa yozib bo`lmaydi. Bu xotirada kompyuter elektr to`ki manbaiga
ulanganda uni ishga tushirish buyruqlari yozilgan bo`ladi. Bu buyruqlardan
foydalanib, kompyuter operatsion sistemani topadi va uni ishga tushiradi. Bundan
tashqari ushbu buyruqlar yordamida kompyuter qurilmalari tekshiriladi. Sistemali
platadagi ROM xotirasida asosan 4 ta dastur bo`ladi:
POST (Power-OnSelf Test)-kompyuter manbaga ulanganda tekshirish
sistemasi.
CMOS Setup-foydalanuvchiga sistema ko`rsatkichlarini o`zgartirish
imkonini beruvchi dastur.
Boshlang`ich yuklash dasturi-bu dastur diskda operatsion sistemani
qidiradi.
Bazaviy kiritish-chiqarish sistemasi-kompyuter apparat qismi, ayniqsa,
kompyuter ishhga tushganda aktivlashtirish kerak bo`lgan qurilmalar
drayverlari.
115
1.4.2. Statik va dinamik xotira qurilmalari
Dinamik operativ xotira (DRAM) hozirda ko`p sistremalar tomonidan
ishlatiladi. Uning asosiy ustunligi shundan iboratki, ushbu turdagi xotiralarda
xotira kataklari ancha zich joylashgandir. Bu narsa katta hajmdagi xotirani kichik
mikrosxemaga o`rnatishga imkon beradi.
DRAM xotira kataklari kondensatorlardan iborat bo`lib, zaryadlangan
kondensatorlar 1 ga, zaryadlanmaganlari 0 ga mos keladi. Biroq bu turda ma`lumot
saqlashning bir kamchiligi bor. Gap shunadaki, kondensatorlar tez o`z zaryadini
yo`qotadi va shu tufayli ulardagi ma`lumot yo`qolmasligi uchun ularni tez-tez
qayta zaryadlab turish lozim. Bu holat regeneratsiya deyiladi. Aynan DRAM
xotiralarida regeneratsiya zarurligi tufayli ularda doimiy ma`lumot saqlash
mumkin emas va kompyuter o`chirilganda u yerdagi bacha ma`lumot o`chib
ketadi.
1995-yildan
boshlab
Pentium
asosidagi
kompyuterlarda
operativ
xotiralarning yangi-EDO (Extended Data Out) deb ataluvchi turi ishlatilmoqda. Bu
FPM xotiralarning mukammalashgan turi bo`lib, uni ba`zida Hyper Page Mode
deb ham atashadi. EDO turidagi xotiralar Micron Technology firmasi tomonidan
ishlab chiqilgan va patentlashtirilgandir. FPM turidagi xotiralardan farqli ravishda,
EDO turidagi xotiralarda xotira kontrolleri adres ustunini o`chirayotganida
mikrosxemadagi ma`lumotlarni chiqarish drayverlari o`chmaydi. Bu esa oldingi va
keyingi sikllarni ulashni ta`minlaydi va har bir siklda taxminan 10 ns vaqtni
tejashga yordam beradi. Shunday qilib EDO turidagi xotiralarda kontroller adres
ustunini topgunicha ma`lumotlar joriy adresdan o`qilaveradi. Bu xuddi
navbatlashni qo`llash uchun bankdan foydalangandek gapdir, biroq bunda ikkita
bank talab qilinmaydi.
Yuqorida tushuntirilgan x-y-y-y sxema bo`yicha tushuntiradigan bo`lsak,
EDO xotiralari 5-2-2-2 sxema bo`yicha, FPM xotiralar esa 5-3-3-3 sxema bo`yicha
ishlaydi, ya`ni EDO xotiralarida sikllar soni 11 ta FPM da 14 tadir. Maxsus testlar
|