Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
111
platasida (L2-ikkinchi bosqich kesh-xotirasi), tizimli platada (L3-uchinchi bosqich 
kesh-xotirasi); diskli xotira bilan bo‗ladigan operatsiyalarni tezlatish uchun 
operativ xotira yacheykasida kesh-xotira yoki disk jamlovchi ichida flesh-xotira 
tashkillashtiriladi (L4-to‗rtinchi bosqich kesh-xotirasi). 
E‘tiborga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotiraning majudligi ShK 
unumdorligini taxminan 20% oshiradi. 
1.3.4.
 
Boshqa turdagi hisoblash sistemalari bilan bog‗lanish imkoniyatlari 
Boshqa kompyuter turlari bilan apparat va dasturiy moslik
. Boshqa 
kompyuterlar turi bilan apparat va dasturiy moslik-bu kompyuterda boshqa 
kompyuterning texnik elementlarini va dasturiy ta‘minotini ishlash imkoniyatini 
berishi tushuniladi. 
Ko‗p masalali ish tartibida ishlash imkoniyati
. Ko‗p masalali ish tartibi 
bir vaqtning o‗zida bir necha dasturlar ustida hisoblashlarni bajarish imkonini 
beradi (ko‗p dasturli ish tartibi) yoki bir necha foydalanuvchi uchun (ko‗p 
foydalanuvchili ish tartibi). Mashinaning bir necha qurilmalarini vaqt bo‗yicha 
ustma-ust ishlatish (bir vaqtda bir necha qurilmani), bunday ish tartibida 
kompyuterning samarali unumdorligini jiddiy oshirishga imkon yaratiladi. 
Ishonchlilik
. Ishonchlilik–bu tizimning unga qo‗yilgan vazifani to‗liq va 
to‗g‗ri uzoq vaqt davomida bajarish xususiyatidir. 


 
112
 
1.4§ Xotira qurilmalari 
Kompyuter elektr manbaidan uzilgandan so‘ng, tezkor xotira (OZU)dagi 
barcha ma‘lumotlar o'chib ketadi va kompyuter qayta yuklanganda o‗chgan 
ma'lumotlarni qayta tiklab bo'lmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni saqlashda, 
elektr energiyasiga bog'liq bo'lmagan, ma'lumotlarni saqlash qurilmalaridan 
foydalaniladi. 
Barcha tashqi qurilmalar energiyaga bog'liq bo'lmagan holda ma'lumotlani 
saqlaydi. Hozirgi kunda barcha tashqi xotira qurilmalari quyidagi turlarga 
bo'linadi: 
-
Magnitli saqlash qurilmasi. 
-
Optik saqlash qurilmasi. 
-
Elektr saqlash qurilmasi. 
Endi har bir turiga qisqacha to'xtab o'tamiz. 
Magnit saqlash qurilmalari kompyuterga o'rnatiladigan asosiy saqlash 
vositasi hisoblanadi. Bu turdagi xotira qurilmasining asosi, ya'ni barcha 
ma'lumotlar magnit asosga ega bo'lgan materiallarda saqlanadi. Bu turdagi 
xotiradan, barcha turdagi kompyuterlar (ishchi kompyuterlar, serverlar, portativ 
kompyuterlar) foydalanishadi. 
Bu turdagi xotira qurilmasiga quyidagilar kiradi: 
-Qattiq disklar (HDD). 
-Egiluvchan disklar (floppi disk). 
-Magnit lentalar. 
Qattiq diskni (vinchester, HDD), kompyuterning asosiy xotirasi deyish 
mumkin. Bu qurilma kompyuterga bevosita ATA yoki SATA porti orqali ulanadi. 
Hajmi ham har xil bo'ladi (250 Gb, 500 Gb, 1 Tb, 2Tb). Hajmi qanchalik katta 
bo'lsa, narxi ham shunchalik qimmat hisoblanadi. Undan tashqari ma'lumotlarni 
o'qish va yozish tezligi ham narxiga ta'sir qiladi. Bu xotira turiga tashqi qattiq 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin