106
masalalarni hal qilishda turli operatsiyalar to‗plami ishlatiladi. 1970-yillarda turli
masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va hokazo) o‗rtacha operatsiyalar
to‗plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bo‗yicha
keltirilgan masalalar turi uchun kompyuterning o‗rtacha tezligini aniqlash mumkin.
Ancha yangi testlar ham mavjud–ishlab chiqaruvchi firmalarning o‗z
mahsulotlarini tezligini aniqlash uchun test to‗plamlari mavjud: iCOMP–Intel
Comparative Microprocessor Performance (1992) ko‗rsatkich
Intel firmasining
mikroprotsessorlari uchun; (iCOMP2.0–test 1996-yilniki), 32 bitli operatsion tizim
va multimediali texnologiyalarga mo‗ljallangan; kompyuterni aniq bir tatbiq
sohasiga yo‗naltirilgan testlar–Winstone97-Business ofis masalalar guruhi uchun
mo‗ljallangan, boshqa turdagi masalalarga mo‗ljallangan variantlari WinBench 97.
Turli-tuman masalalarni bajaruvchi universal
kompyuterlar uchun bu
baholashlar juda ham aniq bo‗lmaydi. Shuning uchun ShK ko‗rsatkichi uchun
unumdorlik ko‗rsatkichi o‗rniga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt
chastotasi ko‗rsatiladi, chunki har bir operatsiya o‗zining
bajarilishi uchun aniq
taktlar sonini talab etadi. Takt chastotasini bilgach, har qanday mashina
operatsiyasini bajarilish vaqtini yetarli darajada aniqlash mumkin bo‗ladi.
Masalan, buyruqlarni konveyerli bajarish bo‗lmagan
taqdirda va
mikroprotsessorning ichki chastotasi oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori
sekundiga 20 million qisqa operatsiyalarni bajarilishini taʻminlaydi (oddiy qo‗shish
va ayirish, axborotlarni uzatish va hokazo); 1000 MGs chastotada esa–sekundiga
200 million operatsiyani bajaradi.