108 Operativ xotira sig‗imi . Operativ xotira sig‗imi megabaytlarda o‗lchanadi.
Eslatma, 1 Mbayt=1024 Kbayt=1024
2
bayt.
Ko‗pchilik zamonaviy amaliy dasturlar 16 Mbayt sig‗imdan kam bo‗lgan
operativ xotira bilan ishlamaydi yoki juda sekin ishlaydi.
Nazarda tutish kerakki, asosiy xotira sig‗imi ikki hissa oshirilsa, murakkab
masalalarni yechishda (xotiraga yetishmovchilik sezilganda) kompyuterning
samarali unumdorligini taxminan 1,41 marta oshiradi (kvadrat ildiz qonuni).
Turli turdagi operativ xotiralari–SDRAM, DDR DRAM, DR DRAM va
boshqalar-turlicha funksional imkoniyatlarga egadirlar.
Qattiq magnit diskdagi jamlovchilarning sig‗imi va turi . Odatda QMDJ
sig‗imi gigabaytlarda o‗lchanadi, 1 Gbayt=1024 Mbayt.
1 Tbayt sig‗imli venchesterni bugungi kunda ishlatsa bo‗ladi, ammo, yangi
dasturiy ta‘minotlar yaqin kunlarda ko‗p terabaytli tashqi xotirani talab etishi
mumkin.
Kiritish-chiqarish portlari –bu ShK interfeysining joylari, ular orqali MP
boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi. MP barchasi bo‗lib, portlar soni 65 536
ta bo‗lishi mumkin (turli manzillar soniga teng). Har bir port o‗z manziliga ega–
port nomeri; manzilini olganda, bu xotira yacheykasining manzili, u shu portdan
foydalanuvchi kiritish-chiqarish qurilmasining qismidir, kompyuterning asosiy
xotira qismi emas.
Axborot va boshqarish signallarini almashish uchun qurilmaning portiga
ulash apparaturasi va xotiraning ikki registri mos keladi. Ba‘zi tashqi qurilmalar
almashish uchun kerak bo‗ladigan katta hajmdagi axborotlarni saqlash uchun
asosiy xotirani ham ishlatadilar. Ko‗p standart qurilmalar (masalan, printer,
klaviatura, sooprotsessor va boshqalar) o‗zlariga doimiy biriktirilgan kiritish-
chiqarish portlariga egadirlar.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi vazifalarni bajaradi: