Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
116
ishlatilganda ushbu texnologiya tufayli tezkorlik 22% ga ortdi, biroq real sharoitda 
EDO xotiralari tezkorlikni taxminan 5% ga orttiradi. Bu ko`rsatkich ancha kam 
bo`lib ko`rinsa ham ularning afzalligi EDO xotiralarida FPM turidagi xotiralar 
bilan bir xil mikrosxemalar ishlatiladi. Ularning narxi ham bir xil. 
SDRAM (Synchronous DRAM)-bu DRAM xotiralarining turi bo`lib, uning 
ishi shina bilan moslashtiriladi (sinxronlashtiriladi). SDRAM yuqori tezlikli 
sinxronizatsiya interfeysini ishlatuvchi ma`lumotlarni yuqori tezlikli paketlarda 
uzatadi. SDRAM asinxron DRAM uchun shart bo`lgan ko`pgina kutislarni chetlab 
o`tishga imkon beradi, chunki unda ishlatiladigan signallar sistemali platalarning 
takt generatori bilan moslashtiriladi.
SDRAM xotiralarining samaradorligi FPM yoki EDO xotiralarining 
tezligidan ancha katta. SDRAM-dinamik xotiraning turi bo`lgani uchun uning 
boshlang`ich sikli FPM va EDO larniki bilan bir xil, lekin umumiy sikllar vaqti. 
ancha qisqa. x-y-y-y sxema bo`yicha SDRAM 5-1-1-1 sxemada ishlaydi, yani 
to`rtta o`qish amali sistemali shinaning 8 siklida tugaydi.
Bundan tashqari SDRAM 100 MGts va undan yuqori chastotalarda ishlaydi. 
SDRAM xotiralari DIMM modullari sifatida yetkaziladi va uning tezkorligi 
nanosekundlarda emas, balki megagertslarda o`lchanadi. 
RDRAM yoki Rambus DRAM qolgan xotira turlaridan tubdan farq qiluvchi 
xotira turi bo`lib, u 1999-yildan boshlab yuqori tezlikli kompyuterlada ishlatiladi. 
Oddiy turdagi xotiralar (FPM/EDO va SDRAM) odatda keng kanalli sistema deb 
ataladi. Xotira kanali kengligi protsessorning ma`lumotlar shinasi kengligiga teng. 
SDRAM xotiralarining DIMM ko`rinishidagi maksimal samaradorligi 800 Mbayt/s 
dir. RDRAM mikrosxemalari o`tkazish qobiliyatini oshiradi, ularda ikkilangan 
ma`lumotlar shinasi ishlatilgan, chastota 800 MGts gacha oshirilgan, o`tkazish 
qobiliyati esa 1,6 Gbayt/s ni tashkil etadi. Samaradorlikni oshirish uchun ikki va 
to`rt kanalli RDRAM lardan foydalanish mumkin, bunda ma`lumotlarni uzatish 
tezligi mos ravishda 3,2 yoki 6,4 Gbayt/s ni tashkil etadi. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin