138 2.
Texnik ta‟minoti –tizimda axborotlarni o‗zgartirishdagi texnologik
jarayonda ishlatiladigan texnik vositalarning majmuasi. Birinchi navbatda,
hisoblash mashinalari, tashqi qurilmalari, axborot uzatish kanallari va qurilmalari.
3.
Dasturiy ta‟minoti –funksional masalalarni yechish uchun zarur bo‗lgan
doimiy ishlatiladigan dasturlar va foydalanuvchini ishlash jarayonida eng ko‗p
qulayliklar bilan ta‘minlovchi, hisoblash texnikasini eng ko‗p samara bilan
ishlatishga imkon beruvchi dasturlardan iborat.
4.
Matematik ta‟minoti –tizimda ishlatiladigan axborotlarga ishlov berishning
matematik usullar, modellar va algoritmlarining jamlamasidan iborat.
5.
Lingvistik ta‟minoti –mashina
bilan
insonning
muloqotini
yengillashtiruvchi va tizimda uning loyihalashtirish sifatini oshirish maqsadida
ishlatiladigan til vositalarining jamlamasidan iborat.
6.
Tashkillashtirish ta‟minoti –tizimdan foydalanuvchilarni va tizimni
yaratish jarayonini hamda tizimning ishlashini chegaralovchi yechimlarning
majmuasidan iborat va u o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi:
kadrlar bilan ta‟minlash –tizimni loyihalash va yaratishda qatnashuvchi
mutaxassislarning tarkibi, shtatlar jadvali va ularning vazifalari;
ergonomik ta‟minlash –axborot tizimini yaratilishida va ishlatishda,
foydalanuvchi tizimni tez o‗zlashtirishi uchun, foydalanuvchining faoliyati uchun
optimal sharoit yaratishda foydalanadigan vosita va usullar to‗plamidan iborat;
huquqiy ta‟minot –axborot tizimini yaratishda va foydalanishda, axborotni
olish tartibi, o‗zgartirish va ishlatishning chegaralovchi huquqiy normalarining
jamlamasi.
AHTning ko‗p turlaridan faqat bittasini kengroq ko‗rib chiqamiz–hisoblash
tizimlari (HT).