ma‟lum maqsadga
erishish uchun
amalga oshiriladi. Qo‗yilgan maqsadga erishilganligini ko‗rsatuvchi
boshqarishni optimallik ko‗rsatkichi bu boshqarishni maqsadli funksiyasidir.
Boshqarishni maqsadli funksiyasi–bu qandaydir o‗lchanadigan miqdoriy
kattalik bo‗lib, u kirish va chiqish o‗zgaruvchilarning, boshqarish obyekt
ko‗rsatkichlarining va vaqtning funksiyasidir (vaqtga bogliqligi).
Axborot tizimini boshqarish jarayonidagi o‗rnini 3.1-rasmda keltirilgan
tarkibiy sxema orqali tushuntirish mumkin.
1.19-rasm. Boshqarish jarayonining umumlashtirilgan tarkibiy sxemasi:
1-tashqi omillar (bozor holati, resurslarning mavjudligi va hokazolar
haqidagi axborotlar); 2-yuqori tashkilotlardan keluvchi boshqarish haqidagi
2
1
3
4
5
АS
Boshqariladigan obyekt
(boshqariladigan jarayon)
134
axborotlar, shu jumladan, boshqarishni bajarish maqsadi; 3-boshqarish axboroti; 4-
obyekt holati haqidagi axborot; 5-faoliyat haqidagi axborot (teskari ulanish).
Katta obyektni boshqaruvchi (firma, korporatsiya) axborot hisoblash
tizimining vazifasini tizimlashtirish va tarkibini tahlillash natijasida quyidagi
umumlashtirilgan vazifalarni aniqlash va ajratishga imkon berdi:
hisoblash
–boshqarish tizimini qiziqtirgan sohalarning barchasida
axborotlarga o‗z vaqtida va sifatli ishlov berish;
kommunikatsion
–berilgan joyga axborotni operativ uzatishni ta‘minlash;
xabar berish
–barcha ko‗rinishdagi zarur bo‗lgan axborotlarga tez ega
bo‗lish, qidirish va berishni ta‘minlash (ilmiy, iqtisodiy, moliyaviy, yuridik,
tibbiyot, seysmik, texnik va boshqa);
saqlash
–zarur bo‗lgan axborotlarni uzluksiz yig‗ish, tartibga solish, saqlash
va yangilash;
kuzatish
–boshqarish uchun zarur bo‗lgan tashqi va ichki axborotni kuzatish
va hosil qilish;
sozlash
–boshqarish obyektiga uning ishlashining ko‗rsatkichlari berilgan
(rejalashtirilgan) qiymatlardan o‗zgarsa, axborot-boshqaruv ta‘sirini amalga
oshirish;
optimallashtirish
–obyektni ishlash sharoiti va ko‗rsatkichlari o‗zgarsa,
maqsadning o‗zgarishi bo‗yicha optimal rejali hisoblashlar va qayta hisoblashlarni
ta‘minlash;
o„z-o„zini tashkillashtirish
–yangidan qo‗yilgan maqsadga erishish uchun
AXT ko‗rsatkichlari va tarkibini osonlik bilan o‗zgartirish (shu jumladan
―tadqiqot-loyihalashtirish-tatbiq etish-ishlab chiqarish‖ siklini joriy etish uchun);
o„z-o„zini
rivojlantirish
–boshqarish,
ishlab
chiqarish
va
loyihalashtirishning eng yaxshi usullarini tanlashni asoslash maqsadida tajribalarni
yig‗ish va tahlillash;
|