161
3-toifadagi kabel–bu kabel axborotlarni 16 MGs gacha chastota oraliqda
uzatishga mo‗ljallangan, o‗ralgan juftlikdan tashkil topgan bo‗lib, 1 metr uzunlikda
ikki sim bir biriga 9 marotaba o‗ralgan, kabel hamma ko‗rsatkichlari bo‗yicha
testlanadi va 100 Om to‗lqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart
tomonidan tavsiya qilingan eng oddiy kabel turi bo‗lib hozirgi vaqtda ko‗p
tarqalgan.
4-toifadagi kabel–bu kabel axborotlarni 20 MGs gacha chastota oraliqda
uzatishga mo‗ljallangan. Kam ishlatiladi, chunki ko‗rsatkichlari bo‗yicha 3-
toifadagi kabel ko‗rsatkichlaridan kam farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel
o‗rniga 5-toifadagi kabeldan foydalanish tavsiya etiladi. 4-toifadagi kabelni hamma
texnik ko‗rsatkichi bo‗yicha testlash mumkin va 100 Om to‗lqin qarshilikka ega.
IEEE8025 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan kabeldir.
5-toifadagi kabel–bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel bo‗lib, 100 MGs
chastota oralig‗ida axborot uzatishga mo‗ljallangan. O‗ralgan juftliklardan tashkil
topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta o‗ramdan kam emas (1 futga 8 ta o‗ram). Kabelning
hamma ko‗rsatkichlari testlanadi va 100 Om to‗lqin qarshilikka ega. Hozirgi
zamon yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, ya‘ni Fost Ethernet va TPFDDT
foydalanish tavsiya etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan taxminan
30-40% qimmat.
6-toifadagi kabel–bu kabelni kelajagi yaxshi bo‗lib, 200 MGs gacha
chastota oralig‗ida axborot uzatadi
7-toifadagi kabel–bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGs gacha chastota
oralig‗ida axborot uzatishi mumkin.
EIA/TIA 568 standartiga ko‗ra texnik ko‗rsatkichi mukammal 3,4 va 5
toifadagi kabellarning 1 MGs dan to kabelni maksimal chastota oralig‗ida to‗liq
to‗lqin qarshiligi 100 Om+15% tashkil qilish kerak. Ko‗rinib turibdiki, talablar
uncha qattiq emas, to‗lqin qarshilik qiymati 85 dan 115 Om oralig‗ida bo‗lishi
mumkin. Shu yerda aytib o‗tish kerakki, ekranlangan o‗ralgan juftlik SPT standart