160 kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon halaqitlardan va juft simlarning bir-
biriga ta‘sirini ham kamaytiradi (crosstalk, perekrestniye novodki, chorraha
yo‗nalishlar). Tabiiyki ekranlashtirilgan o‗ralgan juftlik, ekranlashtirilmagan
juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat bo‗ladi, ulardan foydalanilganda maxsus
ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyoem) foydalanish zarur. Shuning
uchun, ekranlashtirilmagan o‗ralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan o‗ralgan
juftlik kam uchraydi.
Ekranlashtirilmagan o‗ralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga
razyomlarni ulashning osonligi va shuningdek har qanday shkastlanishlarni
tamirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma
texnik ko‗rsatkichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni
uzatishda berilgan so‗nish tezligi (kabeldan signal o‗tgan sari uning amplitudasini
kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel ko‗rsatkichiga nisbatan katta. Agarda kam
himoyalanganligini ham hisobga olsak, nima uchun o‗ralgan juftlik kabellarining
uzunligi kam bo‗lishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Hozirgi vaqtda o‗ralgan
juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va uzatish
tezligini 1000 Mbit/s ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda.
Ekranlashtirilmagan o‗ralgan juftli kabellarning (UPT) EIA/TIA 568
standartiga ko‗ra beshta toifasi mavjud:
1-toifasidagi kabel–bu oddiy telefon kabeli (o‗ralmagan juft sim) bo‗lib, u
orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik
ko‗rsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (to‗lqin qarshiligi, o‗tkazish yo‗lagi,
chorraha yo‗nalishi).
2-toifadagi kabel–bu o‗ralgan juftlikdan iborat kabel bo‗lib, axborotni 1
MGs gacha chastota oralig‗ida uzatish uchun mo‗ljallangan. Kabel chorraha
yo‗nalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi. EIA/TIA
568 standarti 1 va 2 toifadagi tarmoq kabellaridan foydalanish tavsiya etilmagan.