Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
156
14.
―Raqamli uy‖ nima? 
15.
MP portlarini tushuntiring. 
16.
RISC tarkibni tushuntiring. 
17.
CISC tarkibni tushuntiring. 
18.
VT, ATM, EM64T, La Grande texnologiyalarini tushuntiring. 
19.
CISC, RISC va VLIW mikroprotsessorlarining asosiy xususiyatlarini 
tushuntiring. 
20.
Axborot, axborot-hisoblash va hisoblash tizim atamalarini tushuntiring. 
21.
Axborot-hisoblash tizimining turlanishini tushuntiring. 
22.
Axborot-hisoblash tizimlarining umumlashtirilgan vazifalarini tushuntiring. 
23.
MIPS birligida unumdorligini baholash usulini bayon qiling va kamchilik 
hamda afzalliklarini sanab bering. 
24.
Flops birligida unumdorligini baholash usulini bayon qiling va kamchilik 
hamda afzalliklarini sanab bering. 
25.
Qanday unumdorlikni hisoblash testlar tizimini bilasiz? 
26.
LINPACK testlari yordamida unumdorligini baholashni bayon qiling va 
kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 
27.
Livermorsk testlari yordamida unumdorligini baholashni bayon qiling va 
kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 
28.
SPEC testlari yordamida unumdorligini baholashni bayon qiling va 
kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 


 
157
 
II BO‗LIM 
AXBOROT UZATISH 
MUHITLARI 
 
 
2.1§ Simli axborot uzatish muhitlari 
 
Axborot o„tkazish muhiti
deb – kompyuterlar o‗rtasida axborot 
almashinuvini ta‘minlovchi axborot yo‗llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. 
Ko‗pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa mahalliy tarmoqlarda) simli yoki 
kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko‗pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, yaʻni 
bir bit axborot uzatilgandan so‗ngina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday 
axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda murakkab va sekin 
ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot 
uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar 
soniga nisbatan baravar marotaba oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba 
axborot yo‗li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‗ladigandek ko‗rinadi, 
aslida juda ko‗p sarf bo‗ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‗rtasidagi masofa katta 
bo‗lsa ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan 
ham ko‗p bo‗lishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o‗tkazishga qaraganda bir 
dona kabelni o‗tkazish ancha oson. Taʻmirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari 
ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat‘iy nazar 
axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini 
ishlatishni ta‘lab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal 
hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz signalni tiklash 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin