195 axborotlar soni ma‘lum bo‗lishi kerak. Rejalashtirilganidan ko‗p kompyuterlarni
tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday
mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgura olmay qolishi tabiiydir. Nihoyatda,
tarmoq deb bu so‗zning tub ma‘nosi kabi, shunday axborot uzatish tizimini
tushunish kerakki, u mahalliy bir-necha o‗nlab kompyuterlarni birlashtirgan
bo‗lishi lozim.
Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi
belgilarini shakllantirish mumkin bo‗ladi:
axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o‗tkazish imkoniyati
mavjud bo‗lishi;
uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa
kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin bo‗lgan xatolik ehtimoli 10
-7
– 10
-8
darajada bo‗lishi;
axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi
bo‗lishi;
tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bo‗lishi
kerak.
Berilgan ta‘rifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan
quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mo‗ljallangan va sifatli
bo‗lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam,
axborot almashish mexanizmi ham nisbatan tezlik bo‗yicha kafolatlanmagandir.
Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
Ko‗pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir turi - shahar tarmog‗i (MAN,
Metropolitan Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global
tarmoqlarga yaqin bo‗lib, ba‘zida mahalliy tarmoqlarning ba‘zi xususiyatlariga
ham ega bo‗ladilar. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan yuqori
tezlikdagi axborot almashinuvi bilan o‗xshashdir. Bu xususiyat shahar tarmog‗i