196 ham mahalliy tarmoq (MXT afzalliklari bilan) bo‗lishi mumkin ekanligini
ko‗rsatadi.
Haqiqatdan, hozirda mahalliy tarmoq bilan global tarmoqning aniq
chegarasini o‗tkazish mumkin bo‗lmay qoldi. Ko‗pchilik mahalliy tarmoqlarda
global tarmoqqa chiqish imkoniyati bor, lekin axborotni uzatish, axborot
almashinuvini tashkil qilish prinsipi, odatda global tarmoqda qabul qilingandan
ancha farq qiladi. Mahalliy tarmoqdan foydalanuvchilar uchun global tarmoqqa
ulanish imkoniyati faqatgina bir resursgina bo‗lib qoladi xolos.
Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqamli axborot uzatilishi
mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon so‗zlashuvlari, elektron xatlar va x. k.
Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa to‗laqon dinamik tasvirlarni uzatish
tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda mahalliy tarmoqda quyidagi
resurslardan; disk maydonidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish
imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu imkoniyatlar mahalliy tarmoq
vositalarining imkoniyatlarini bir qismidir. Masalan, ular har turdagi
kompyuterlararo axborot almashinuvini ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti
bo‗lib faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar ham bo‗la oladi. Masalan
printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma kompyuterlarida
parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday tizim
murakkab matematik masalalarni yechishni ko‗p marotaba tezlashtiradi.
Shuningdek, mahalliy tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham
boshqarish mumkin yoki bir vaqtning o‗zida bir necha kompyuter yordamida
tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi.
Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning
ham ba‘zi kamchiliklari bor. Xodimlarni o‗qitishga, qo‗shimcha qurilmalarga,
tarmoq dasturiy ta‘minotiga, ulash kabellariga qo‗shimcha sarflanadigan
mablag‗dan tashqari tarmoqni rivojlantirish, resurslariga ega bo‗lishni boshqarish,