Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
201
chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham 
qulay emas.
Mumkin bo‗lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq 
qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining 
qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. 
Lekin, «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng 
tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. 
Shinadagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar 
bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham 
qo‗rqinchli emasdek tuyuladi, chunki biz uzilish bo‗lganda ikkita ishga layoqatli 
alohida shinaga ega bo‗lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo‗lidan tarqalish 
xususiyatidan kelib chiqqan holda, shina oxirlariga maxsus moslashtirilgan 
qurilmalar, ya‘ni terminator ulanishi lozim (9.1–rasmda to‗rtburchak shaklda 
ko‗rsatilgan). Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo‗lining oxiridan aks sado 
tarqaladi va surilish hosil bo‗lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi 
mumkin bo‗lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil 
bo‗lganda aloqa yo‗lining moslashuvi buziladi va hattoki o‗zaro ulangan 
kompyuterlar o‗rtasida ham axborot almashinuvi to‗xtaydi. Shina kabelining 
xohlagan qismida yuz bergan qisqa to‗qnashuv natijasida butun tarmoqning ish 
faoliyati to‗xtaydi. Shinadagi tarmoq qurilmalaridan birortasi buzilgan taqdirda uni 
ajratib qo‗yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli 
ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali 
tarmoqning aloqa yo‗lidan axborot signallari o‗tish davomida so‗nish yuzaga 
keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga 
chegara qo‗yiladi. Bundan tashqari abonent tarmoqdan turli amplitudali signal 
oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan 
kompyuterlar orasidagi masofaga bog‗liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni 
qabul qilish qurilmalariga qo‗yiladigan qo‗shimcha talablarni oshiradi. «Shina» 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin