202
topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko‗pincha bir necha segmentlar
ishlatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar o‗zaro
maxsus signalarni tiklovchi qurilma–repiterlar, yoki takrorlovchi qurilmalar orqali
ulanadi (3.4– rasmda ikki segment ulanishi ko‗rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni
uzunligini cheksiz oshirib bo‗lmaydi, chunki aloqa yo‗lida signalni tarqalish
tezligining chegarasi mavjuddir.
3.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash.
«Yulduz»
topologiyasi - bu markazi aniq mavjud topologiya bo‗lib, bu
markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy
kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‗rsatadi
va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq
qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nisbatan keskin ko‗p bo‗ladi.
Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so‗z ham yuritib o‗tirilmaydi.
Odatda aynan markaziy kompyuter eng ko‗p quvvatga ega bo‗ladi, sababi axborot
almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi.
«Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo‗lishi mumkin
emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o‗rin yo‗q. Yulduzni
Repiter
203
kompyuterlarning buzilishiga barqarorligi haqida so‗z yuritadigan bo‗lsak, taʻshqi
kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga ta‘sir
qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqni butunlay
ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to‗qnashuv
ro‗y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi
to‗xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin.
Shinadan farqli yulduzda har bir aloqa yo‗lida faqatgina ikkita abonent bo‗ladi:
markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. Ko‗pincha kompyuterlarni ulash uchun
ikkita aloqa yo‗li ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina
uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo‗lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul
qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga
nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qo‗shimcha tashqi
terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi. «Yulduz»da signallarni aloqa
yo‗lida so‗nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal bo‗ladi, chunki har
bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir xil amplitudali signalni qabul qiladi.
«Yulduz» topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan
abonentlar soni chegaralangan. Odatda markaziy abonent 8–16 tadan ko‗p
bo‗lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko‗rsata oladi. Ko‗rsatilgan cheklanish
oralig‗ida qo‗shimcha abonentlarni ulash ancha oddiy bo‗lsa, qo‗yilgan
cheklanishdan ortiq bo‗lgan hollarda abonent ulash imkoni yo‗q. Ba‘zi hollarda
yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda tashqi abonentlardan
birining o‗rniga markaziy abonent ulansa, natijada o‗zaro ulangan bir necha
yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil bo‗ladi. 9.2– rasmda keltirilgan
«yulduz» topologiyasi aktiv «yulduz» deb ataladi, 9.5– rasmda keltirilgan rasm
passiv «yulduz» topologiya bo‗lib, u faqat tashqi ko‗rinishdangina yulduzga
o‗xshashdir.
|