Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
207
Halqa topologiyasida tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkitadan kabel 
o‗tkazilishini kamchilik (yulduzga nisbatan) deb hisoblashimiz mumkin.
Ba‘zi hollarda «halqa» topologiyasida ikkita aloqa yo‗li o‗tkazilib, bu aloqa 
yo‗llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi 
axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek, kabellardan biri 
shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel hisobiga ish faoliyatini davom ettirishi 
mumkin (lekin kam tezlik bilan).
Boshqa topologiyalar.
Yuqorida ko‗rib o‗tilgan asosiy uchta topologiyadan 
tashqari, ―daraxt‖ topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topologiyani bir 
necha ―yulduz‖ topologiyasidan hosil bo‗lgan deb qarash mumkin. Yulduz 
topologiyasidek daraxt topologiyasida ham aktiv (9.6–rasm) va passiv (9.7–rasm) 
topologiya bo‗lishi mumkin. Aktiv daraxt topologiyasida bir necha aloqa 
yo‗llarining birlashgan markazida–markaziy kompyuterlar, passiv daraxt holatida 
esa–konsentratorlar (xablar) joylashgandir.
3.6 – rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi. 


 
208

3.7–rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K–konsentrator 
Odatda turli topologiyalarni elementlaridan hosil bo‗lgan Yulduz– Shina 
(3.8–rasm) va Yulduz–Halqa topologiyalar ham qo‗llanadi.
3.8 – rasm. Yulduz – Shina topologiyasiga misol. 
К 
К 
Konsentrator


 
209
3.9 – rasm. Yulduz–Halqa topologiyasiga misol. 
Yulduz–Shina (Star - bus) topologiyasi shina va passiv yulduz topologiya 
elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda konsentratorga alohida 
kompyuter va shuningdek, shina sigmentlari ulanadi. Ya‘ni, ayni vaqtda butun 
tarmoq kompyuterlarini o‗z ichiga oladi va ―shina‖ ning jismoniy topologiyasi 
amalga oshiriladi. Keltirilgan topologiyada bir-biri bilan ulangan va magistral deb 
atalgan tayanch shina hosil qilingan bir necha konsentratorlar ham ishlatilishi 
mumkin. 
U holda har bir konsentratorlarga alohida kompyuter yoki shina sigmentlari 
ulanadi. Shunday qilib tarmoqdan foydalanuvchi shina va yulduz topologiyalarini 
afzalliklaridan mohirona foydalana olish va tarmoqqa ulangan kompyuterlar sonini 
oson o‗zgartira olish imkoniga ega bo‗ladi. Yulduz–Halqa (Star–ring) topologiya 
holatida halqaga kompyuterlarni emas, maxsus konsentratorlarni (5.9–rasm) ulab, 
konsentratorlarga kompyuterlarni ikkita aloqa yo‗li orqali yulduzsimon qilib 
ulanadi. Aslida tarmoqdagi hamma kompyuterlar yopiq halqaga ulanadilar, chunki 
konsentrator ichida hamma aloqa yo‗llari yopiq halqani hosil qiladi (5.9–rasmda 
ko‗rsatilgandek). Bu topologiya yulduz va halqa topologiya afzalliklarini 

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin