17
modelning monandligini tekshirish uchun jarayon o‗tishida obyektdan olingan
o‗lchovlar natijasini o‗xshash sharoitlardagi model bashorati natijalari bilan
taqqoslash kerak.
Modelning monandligini o‗rnatish bosqichi uni ishlab chiqish bosqichlari
ketma-ketligining yakuniysidir. 1.1-rasmda matematik modelni ishlab chiqishning
umumiy sxemasi ko‗rsatilgan. [6],
Matematik
modelning
qurilishida
real
hodisa
soddalashtiriladi,
sxemalashtiriladi va olingan sxema hodisalar murakkabligiga bog‗liq holda u yoki
boshqa matematik apparat yordamida tavsiflanadi.
Tadqiqotning muvaffaqiyatliligi va olingan natijalarning ahamiyatliligi
modelda o‗rganilayotgan jarayonning xarakterli xislatlarini hisobga to‗g‗ri olishga
bog‗liq.
Maqsad va mezonlarni
aniqlash
Algotitmni tuzish va uni dastur ko‘rinishida amalga oshirish
Matematik tavsifni tuzish
Analitik
usullar
Eksperimental
usullar
Eksperimental-
analitik usullar
Sonli usulni tanlash
Yechim algoritmini
tuzish
Dasturlash
Dasturni sozlash
Obyektga modelning
adekvatligini aniqlash
Matematik modeldan
foydalanish
Masalani aniq ifoda qilish,
jarayon parametrlarini tanlash
Modellashtirish masalasining qo‗yilishi
18
1.1-rasm. Matematik modelni ishlab chiqish bosqichlari.
Jarayonga ta‘sir qiluvchi barcha eng muhim omillar modelda hisobga
olingan bo‗lishi va shu bilan birga, u ko‗plab kichik ikkinchi darajali omillar bilan
ketma-ket bo‗lmasligi kerak, ularni hisobga olish faqat matematik tahlilni
murakkablashtiradi va tadqiqotni o‗ta tiqilinch yoki umuman amalga oshmaydigan
qilib qo‗yadi.
Jarayonlar uchun aniq matematik tavsifi bo‗lgan matematik modellash
usulini aniq matematik jarayonlar xususiyatlarini o‗rganishda qo‗llashadi.
Matematik tavsif mukammallik darajasiga bog‗liqligiga qarab, ikkita chegaraviy
hodisani ajratishimiz mumkin:
a)
modellashtirilayotgan
jarayonning
barcha
asosiy
tomonlarini
tavsiflaydigan tenglamalar to‗la tizimi va bu tenglamalarning barcha soniy
qiymatlari ma‘lum;
b) jarayonning to‗la matematik tavsifi yo‗q.
Bu ikkinchi hodisa obyekt haqida to‗la bo‗lmagan axborotning borligida,
jarayonlarni boshqarish ishi bo‗lganda va g‗alayonlar ta‘sir etganda masalalarni
yechish uchun tipikdir. Tadqiq qilinayotgan hodisalar haqida yetarli axborot
yo‗qligida ularni o‗rganish eng oddiy modellar qurishdan, lekin tadqiq
qilinayotgan jarayonning asosiy(sifatli) spetsifikasini buzmasdan boshlanadi.
Shunday qilib, model bilan o‗tkazilgan tajribalar natijalari bo‗yicha biz ish
sharoitidagi originalning xulqini miqdoriy bashorat qilishimiz kerak.
Ishlab chiqarishdagi modellash obyektlari deganda quyidagilarni tushunish
kerak:
1.
Texnologik tizimlar (TT)-bu texnologik jihozlarning bo‗laklari,
avtomatik liniyalar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari (MIChT).
2.
Texnologik jarayonlar (TJ).
3.
Texnologik uskunalar ishlayotganda yuz beradigan fizikaviy va
kimyoviy jarayonlar(FKJ).
|