28
1.1
-jadval.
Zamonaviy kompyuterlarning qiyosiy ko„rsatkichlari
Ko‗rsatkichlar
Kompyuter guruhlari
Super kompyuterlar
Katta kompyuterlar
Kichik kompyuterlar
Mikrokompyuterlar
Unumdorlik MIPS
1000 – 1 000 000
100 – 10 000
10-1000
10-200
OX sig‗imi, Mbayt
2000 – 100 000
512 – 10 000
128-4096
128-2048
Tashqi XQ sig‗imi,
Gbayt
500 – 50 000
100 – 10 000
100 -1000
100-1000
Razryadligi, bit
64-256
64-128
32-128
32-128
Tarixiy birinchi katta EHM paydo bo‗lgan, ularning element asosi elektron
lampalardan to yuqori darajada integrallashtirilgan integral sxemalargacha bo‗lgan
yo‗lni bosib o‗tdi.
ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer) birinchi katta EHM
1946-yili yaratilgan. U mashinaning og‗irlig‗i 30 tonnadan ortiq bo‗lib, sekundiga
bir necha yuz operatsiya tezligiga ega bo‗lgan, operativ xotirasi esa 20 ta son
sig‗imida bo‗lgan, katta zalda 150 m2 atrofidagi maydonni egallagan.
Katta kompyuterlarning unumdorligi qator masalalarni yechish uchun yetarli
bo‗lmay qoldi (ob-havoni
bashorat qilish, murakkab mudofaa majmualarini
boshqarish, biologik tadqiqotlarni, ekologik tizimlarni modellashtirish). Shu
sabablar superkompyuterlarni, eng quvvatli hisoblash
tizimlarini loyihalashtirib
ishlab chiqishga olib keldi, ular hozirgi vaqtda ham jadallik bilan
rivojlantirilmoqda.
1970-yillarda paydo bo‗lgan kichik kompyuterlarning paydo bo‗lishiga
sabab, bir tomondan element asosining keskin rivojlanishi bo‗lsa,
ikkinchi
tomondan qator ilovalar uchun katta kompyuterlarning resurslarini ortiqchalik
qilishi bo‗ldi. Kichik kompyuterlar ko‗pincha texnologik jarayonlarni boshqarish
uchun ishlatiladi. Ular ancha ixcham va katta kompyuterlarga
nisbatan ancha
arzon. Element asosining, texnologiyaning va arxitekturaviy yechimlarning
keyingi yutuqlari tufayli supermini kompyuterlarni paydo bo‗lishiga olib keldi–