26
-
axborotni kiritish-chiqarish
tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi
qurilmalarni ulashni taʻminlaydi.
Muammoga yo‗naltirilgan kompyuterlar ancha tor doiradagi masalalarni
yechish uchun, odatda, texnologik obyektlarni
va jarayonlarni boshqarishga,
nisbatan katta bo‗lmagan axborotlarni yig‗ish, qayd qilish va ishlov berishga,
nisbatan murakkab bo‗lmagan algoritmlarga ishlov berishga mo‗ljallangan. Ularda
universal kompyuterlarga nisbatan apparat va dasturiy resurslari chegaralangandir.
Maxsuslashtirilgan kompyuterlar ma‘lum darajada tor doiradagi masalalarni
yechish uchun yoki qatʻiy guruh funksiyalarni joriy etishga mo‗ljallangan.
Kompyuterni bunday tor yo‗naltirilishi ularning tarkibini aniq maxsuslashtirishga
imkon beradi, ishlashining yuqori unumdorligini va ishonchliligini saqlagan holda
ularning murakkabligini va narxini jiddiy kamaytirish mumkin. Maxsuslashtirilgan
kompyuterlarga
quyidagilarni kiritish mumkin, masalan, maxsus vazifalar uchun
dasturlanuvchi mikroprotsessorlar; alohida murakkab bo‗lmagan
texnik
qurilmalarni va jarayonlarni boshqarishning mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter
va kontrollerlar; hisoblash tizimlarining qismlarini moslovchi va ulovchi
qurilmalar.
O‗lchami va hisoblash quvvati bo‗yicha kompyuterlarni (1.7-rasm) quyidagi
guruhlarga bo‗lish mumkin:
-
juda katta (superkompyuterlar);
-
katta;
-
kichik;
-
juda kichik (mikrokompyuterlar).
Kompyuterlarning vazifalarini bajarish imkoniyatlari
quyidagi muhim
texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlari bilan bog‗liqdir:
tezligi (vaqt birligi oralig‗ida mashina bajaradigan o‗rtacha operatsiyalar
soni bilan o‗lchanadi);
kompyuter ishlov olib boradigan sonlarni razryadligi va ifodalanish shakli;