Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
84
takt sarf etiladi). RISC turidagi mikroprotsessorlaridan birinchisi–ARM (uning 
asosida IBM PC RT ShK yaratilgan edi) 32-razryadli MP 118 turli buyruqlarga ega 
bo‗lgan. Keyichalik 64-razryadli RISC mikroprotsessorlari ko‗p firmalar 
tomonidan ishlab chiqarilgan: Apple (PowerPC), IBM (PPC), DEC (Alpha), HP 
(PA), Sum (Ultra SPARC) va boshqalar.
PowerPC mikroprotsessorlari (Performance Optimized With Enhanced PC) 
server va Macintosh turidagi shaxsiy kompyuterlarida qo‗llanadi. PowerPC 
mikroprotsessorlari 800 MGs takt chastotasiga ega, Alpha mikroprotsessorlari esa 
1800 MGs takt chastotasiga ega. RISC turidagi mikroprotsessorlar juda yuqori 
tezligi bilan xarakterlanadi, lekin ular dasturiy jihatdan CISC protsessorlari bilan 
mos emas. 
VLIW mikroprotsessor turlari
VLIW mikroprotsessorlari quyidagi firmalar tomonidan ishlab chiqariladi: 

Transmeta–bu Crusoe mikroprotsessorining TM3120, TM5400, TM5600 
modellari; 

Intel–Merced modeli (savdo markasi Itanium); 

Hewlett-Packard–McKinley modeli. 
Qayd qilib o‗tish kerakki, EPIC (Explicitly Parallel Instruction Computing–
aniq parallelli ko‗rsatmalarni hisoblash) ni Intel va NR firmalari quvvatlaydilar
Transmeta firmasi tomonidan asos qilib olingan VLIW texnologiyasidan ko‗p farq 
qilmaydi. Lekin bu farqlar unchalik jiddiy emas, shuning uchun VLIW va EPIC 
mikroprotsessorlarini bir guruhga kiritish mumkin. 
Merced 
mikroprotsessori 
64-bitli 
ko‗rsatmalar to‗plamini (Intel 
Architecture-64; aynan shu texnologiya EPIC deb nomlangan) ishlatgan birinchi 
protsessordir. 
―Elbrus‖ Rossiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Elbrus 2000–
E2k mikroprotsessorini VLIW turiga kiritish mumkin. 


 
85
Intel firmasi Itanium 2 havola qildi: 2004-yili Madison, 2006-yili Montecito, 
2007-yili ikki yadroli Montvale ni. 
Dasturchilar ichki VLIW-buyruqlarga egalik qila olmaydilar: barcha 
dasturlar (hatto operatsion tizim) maxsus past darajali dasturiy ta‘minot yuzasida 
(Code Morphing) ishlaydi, ular mikroprotsessorning CISC buyruqlarini VLIW 
buyruqlariga o‗zgartirishga (translyatsiya) javobgardirlar. Buyruqlarni parallel 
bajaruvchi superskolyar mikroprotsessorlarning murakkab mantiqiy sxemasi 
o‗rniga VLIW-turidagi MP dasturiy ta‘minotga tayanadi. Apparatlarni qisqartirish 
MP o‗lchamlarining ixchamlashishiga va energiya iste‘molining (buni MP ba‘zida 
―sovuq― deb ataydilar) kamayishiga olib keldi. 
CISC arxitektura 1978-yili yaratilgan. U paytda protsessorlar skalyar 
qurilma edi (yaʻni har bir vaqt momentida faqat bitta buyruq bajarilgan), u davrda 
konveyer amaliy jihatdan bo‗lmagan. Protsessorlarda o‗n minglab tranzistori 
bo‗lgan. RISC protsessorlari 1986-yili loyihalashtirilgan, u davrda superskalyarli 
konveyerlar texnologiyasi endi rivojlanayotgan edi. 1990-yillar oxirida eng 
rivojlangan protsessorlarda o‗nlab million tranzistorlari bo‗lgan.
IA-64 arxitekturasi CISC arxitekturasining 64-razryadli kengaytirilgani ham 
emas, RISC arxitekturasining ishlanmasi ham emas. IA-64 arxitekturasi 
yangi
arxitektura bo‗lib, u buyruqlarning uzun so‗zini ishlatuvchi (LIW), buyruqlar 
predikatlari (instruction predication), shoxlanishlarni inkor etish (branch 
elimination), axborotlarni dastlabki yuklash (speculative loading), dasturlarni 
bajarilishini yuqori parallelligini ta‘minlash uchun yana boshqa turli yo‗llar 
mavjud. Ammo shunga qaramay, IA-64 arxitekturasi bu CISC arxitekturasi bilan 
RISC arxitekturasi o‗rtasidagi kelishuv, ularni moslashtirishga urunishdir
buyruqlarni dekoderlashning ikki ish tartibi mavjud–VLIW va oldingisi CISC. 
Dasturlar avtomatik ravishda zarur bo‗lgan bajarish ish tartibga o‗tadilar. VLIW 
bilan ishlash uchun IA-64 da operatsion tizimlarning 64-razryadli va oldingi 32-
razryadli qismi ham bo‗lishi kerak. 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin