85
Intel firmasi Itanium 2 havola qildi: 2004-yili Madison, 2006-yili Montecito,
2007-yili ikki yadroli Montvale ni.
Dasturchilar ichki VLIW-buyruqlarga egalik qila olmaydilar: barcha
dasturlar (hatto operatsion tizim) maxsus past darajali dasturiy ta‘minot yuzasida
(Code Morphing)
ishlaydi, ular mikroprotsessorning CISC buyruqlarini VLIW
buyruqlariga o‗zgartirishga (translyatsiya) javobgardirlar. Buyruqlarni parallel
bajaruvchi superskolyar mikroprotsessorlarning
murakkab mantiqiy sxemasi
o‗rniga VLIW-turidagi MP dasturiy ta‘minotga tayanadi. Apparatlarni qisqartirish
MP o‗lchamlarining ixchamlashishiga va energiya iste‘molining (buni MP ba‘zida
―sovuq― deb ataydilar) kamayishiga olib keldi.
CISC arxitektura 1978-yili yaratilgan. U paytda protsessorlar skalyar
qurilma edi (yaʻni har bir vaqt momentida faqat bitta buyruq bajarilgan), u davrda
konveyer amaliy jihatdan bo‗lmagan. Protsessorlarda o‗n minglab tranzistori
bo‗lgan. RISC protsessorlari 1986-yili
loyihalashtirilgan, u davrda superskalyarli
konveyerlar texnologiyasi endi rivojlanayotgan edi. 1990-yillar oxirida eng
rivojlangan protsessorlarda o‗nlab million tranzistorlari bo‗lgan.
IA-64 arxitekturasi CISC arxitekturasining 64-razryadli kengaytirilgani ham
emas, RISC arxitekturasining ishlanmasi ham emas. IA-64
arxitekturasi
yangi
arxitektura bo‗lib, u buyruqlarning uzun so‗zini ishlatuvchi (LIW), buyruqlar
predikatlari (instruction predication), shoxlanishlarni inkor etish (branch
elimination), axborotlarni dastlabki yuklash (speculative loading), dasturlarni
bajarilishini yuqori parallelligini ta‘minlash uchun yana boshqa turli yo‗llar
mavjud.
Ammo shunga qaramay, IA-64 arxitekturasi bu CISC arxitekturasi bilan
RISC arxitekturasi o‗rtasidagi kelishuv, ularni
moslashtirishga urunishdir,
buyruqlarni dekoderlashning ikki ish tartibi mavjud–VLIW va oldingisi CISC.
Dasturlar avtomatik ravishda zarur bo‗lgan bajarish ish tartibga o‗tadilar. VLIW
bilan ishlash uchun IA-64 da operatsion tizimlarning 64-razryadli va oldingi 32-
razryadli qismi ham bo‗lishi kerak.