93 bajaradi va qayta ishlovchi qolgan ikkita EHMdan birining bandligiga ko‗ra
masalalar taqsimlanadi. Bu lokal ko‗p mashinali kompleks.
3-misol. EHM ayrim mintaqalar bo‗yicha joylashtirish-yig‗adi, ularni
oldindan qayta ishlab chiqadi va keyinchalik foydalanish uchun telefon aloqa
kanali orqali markaziy EHMga uzatadi. Bu masofali ko‗p mashinali kompleks.
Kompyuter (hisoblash) tarmogi bu ma‘lumotlarni taqsimlab qayta ishlash
talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan
kompyuterlar va terminallar jamlanmasidir.
Ko‗p mashinali hisoblash tizimlari-ikki va undan ortiq EHM (har birida
alohida protsessor, tezkor xotira qurilmasi, periferiya qurilmalari va operatsion
tizimga ega), ma‘lum funksiyalarni bajarish uchun aloqa tarmog‗iga ega tizim
tushuniladi.
Ko‗p protsessorli hisoblash tizimlari-bu ikki va undan ortiq protsessor bitta
umumiy tezkor xotira qurilmasi, periferiya qurilmasi va operatsion tizim
yordamida boshqariladigan tizimdir. O‗z navbatida OS umimiy texnik va dasturiy
komplekslardan tashkil topadi.
Multikompyuterlar ( taqsimlangan xotirali sistemalar
)- sistemada mavjud
barcha xotiralarga to‗liq murojaatni ta‘min etmaydigan sistemalar (
no-remote memory access or NORMA ). Bunaqa yondashuv 2ta muhim mikroprotsessorli
hisoblash sistemalarining qurilishi uchun ishlatiladi.
1. massiv-parallel sistemalar-
massivno-parallelnыx sistem (
massively parallel processor or MPP ).
2. Kalasterli-
klasterov (
clusters ).
Birinchi turdagi sistemalarga mansub-IBM RS/6000 SP2, Intel PARAGON/ASCI
Red, transpyuternыe sistemы Parsytec va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Kalasterli sistemalarga AC3 Velocity va NCSA/NT Supercluster
sistemalarini keltirishimiz mumkin. Shuni takidlash lozimki, hozirgi zamonaviy
sistemalar orasida 2 tip kalasterli sistemalar tez rivojlanib ketdi. Ularda yaratilgan