97 Interfeys (interface)–kompyuter qurilmalarini samarali muloqotini ta‘minlab
beruvchi ulanish va aloqa vositalar majmuasi.
Kiritish-chiqarish portlari (I/O ports)–ShK interfeys tizimining elementlari,
ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi.
Takt impulslar generatori elektr impuls ketma-ketliklarini hosil qiladi, uning
chastotasi tizimli shinaning takt chastotasini aniqlab beradi. Mikroprotsessorning
takt chastotasi ancha yuqori: u shinaning takt chastotasini N marta oshirilganiga
teng (N chastota ko‗paytiruvchisidir). Ikkita impuls oralig‗idagi vaqt bitta takt
vaqtini aniqlab beradi, yoki oddiy qilib mashinani ishlash takti deb aytiladi. Takt
impulslar
generatorining
chastotasi
shaxsiy
kompyuterning
asosiy
ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, ko‗pincha uning ishlash tezligini aniqlab beradi,
chunki hisoblash mashinasida har bir operatsiya ma‘lum taktlar sonida bajariladi.
Tizimli shina . Tizimli shina–kompyuterning asosiy interfeys tizimi bo‗lib, u
barcha qurilmalarning o‗zaro ulanishi va aloqasini taʻminlaydi. Tizimli shinaning
tarkibi quyidagilardan iborat:
axborotlarning
kodli
shinasi
(AKSH),
operandani
sonli
kodlar
razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
manzillarning kodli shinasi (MKSH), tashqi qurilmaning kiritish-chiqarish
portini yoki asosiy xotira yacheykasining manzil kodlar razryadlarining barchasini
parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
ko‗rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), mashinaning barcha bloklariga
ko‗rsatmalarni (boshqarish signallari, impulslari) uzatish uchun simlar va
sxemalardan iborat;
manba shinasi, ShK bloklarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash tizimiga
ulash uchun simlar va sxemalardan iborat.
Tizimli shina axborot uzatishning uch yo‗nalishini ta‘minlaydi:
mikroprotsessor va asosiy xotira o‗rtasida;