101
grafik planshet (digitayzerlar)–maxsus ko‗rsatuvchi (pero) yordamida
planshet bo‗yicha harakatlantirib tasvirlash (ifodalash) orqali grafik axborotni
qo‗lda kiritish qurilmasi;
skanerlar
(o‗qish
avtomatlari)–qog‗oz
va
plenkadagi
axborot
tashuvchilardan rasmlarni, grafiklarni va matnli axborotlarni avtomatik ravishda
o‗qib kompyuterga kirituvchi qurilma;
nishon ko‗rsatish qurilmasi (grafik manipulyatorlar), displey ekraniga
kursor harakatini ekran bo‗ylab boshqarish orqali grafik axborotni chiqarish va
keyinchalik kursor koordinatini kodlashtirish va ularni ShK ga kiritish uchun
mo‗ljallangan (djoystik–richag, sichqoncha, trekbol–g‗ilofdagi shar, yorug‗lik
perosi va hokazo.);
sensorli ekranlar–tasvirning alohida elementlarini, dasturni yoki ShK
displey ekranidan byuruqlarni kiritish uchun qurilma.
Axborotlarni chiqarish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
printerlar–qog‗ozli axborot tashuvchilarga axborotlarni bosma usulda qayd
qilish uchun qurilma;
grafik quruvchi (plotterlar)–ShK dan qog‗ozli axborot tashuvchiga grafik
axborotlarni chiqarish uchun qurilma (grafiklar, rasmlar).
Aloqa va telekommunikatsiya qurilmalari avtomatlashtirishning boshqa
vositalari (interfeyslarni moslovchilar, adapterlar, raqam-analog va analog–raqam
o‗zgartiruvchilar va boshqalar) va ShK aloqa kanallari, boshqa kompyuterlar va
hisoblash tarmoqlari (tarmoq interfeys platasi–tarmoq adapterlari, axborot uzatish
multipleksorlari, modemlar–demodulyatorlar) bilan ulash uchun ishlatiladi.
Xususan, 1.8-rasmda ko‗rsatilgan tarmoq adapteri ShK ning tashqi
interfeysiga kiradi va hisoblash tarmoq tarkibida ishlaganda boshqa kompyuterlar
bilan axborot almashish maqsadida aloqa kanaliga ulash uchun xizmat qiladi.
Tarmoq bilan ulanish uchun modem ishlatiladi.