89 haqqoniyligi uzoq vaqt o‗tgachgina o‗z tasdig‗ini topishi mumkin. Qaror qabul
qilish mas‘uliyati juda katta. Bu matematik va maxsus apparatlardan foydalangan
holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlarning kasbiy
intuitsiyasi bilan ham belgilanadi.
Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat mazmuni 1.2-jadvalda keltirilgan.
Boshqaruvning har bir darajasidagi ma‘lum bir mehnat taqsimoti boshqaruv
qismining alohida elementlariga rejalashtirish, tashkillashtirish, hisobga olish va
nazorat, bayon etish, tahlil va boshqaruv kabi alohida vazifalarni biriktirishga olib
keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli darajasida amalga
oshiriladi. Ularning ayrimlari hatto boshqaruvning biror bir darajasida ham amalga
oshmasligi mumkin.
Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi axborot
tizimlarida tegishli kenja tizimlar paydo bo‗lishiga olib keladi.
Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish
va nazoratning namoyon
bo‗lishi tashkilotning tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning
axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish yoki nazorat kenja tizimlarini hosil
qiladi. Ularning birinchisi biznes-reja ishlab chiqarish, marketing tadqiqotlari,
rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi-nazoratning
axborot ko‗magini ta‘minlaydi.
Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarmog‗i va boshqaruv qismi
darajasiga ko‗ra, boshqaruv obyektidagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi axborot ushbu
boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib tushadi. Olaylik, mashinasozlikda zavod
direktori ishlab chiqarish to‗g‗risida har kuni sex boshlig‗idan har smena haqida
ma‘lumot oladi, master esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. Qurilishda axborot
olish chastotasi pastroq. Masalan, neft-kimyo tarmog‗idagi texnologik jarayonlarni
boshqarish to‗g‗risida gapiradigan bo‗lsak, u yerda axborot doimiy ravishda kelib
tushadi.