87 massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari
doirasi va natijalar ro‗yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi.
Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol
o‗ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‗linma faoliyatining
yo‗nalishi aks etadi. Axborot tizimlariga texnologik yondashuv axborotni
protseduralar obyekti sifatida ko‗rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondashuv
esa axborotning ma‘naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.
Boshqaruv tizimining pog‗onaliligi. Odatda, istalgan tashkilot bir necha
obyektlardan iborat murakkab kompleks bo‗lib, ularning o‗zi ham boshqaruv
jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. Shu bois ham kompleksning kelishilgan
holda ishlashi uchun qo‗shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish
qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari kabi) harakatlarini
muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini kompleksning umumiy maqsadlarini bajarishga
yo‗naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi
ko‗p darajali tuzilmaga ega bo‗lishi mumkin. Bu ko‗plab boshqaruv tizimlari
uchun xos xususiyat. Odatda, obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy,
o‗rta, quyi darajasi farqlanadi. Ulardan har biri o‗z funksiyalari to‗plami,
kompetensiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga muhtoj bo‗ladi.
Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, tashkilot vazifasi,
boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari, ularni amalga oshirish strategiyasi
belgilanadi.
Boshqarishning
o‗rtacha darajasi-texnik boshqaruv darajasi
hisoblanadi. Bunda takgik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi,
resurslar kuzatib boriladi va hokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor
boshqaruv rejasi, ya‘ni, hajm-taqvim (kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat
va qayd etish amalga oshiriladi.
Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyat turi) hal etiladigan masalaning
murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo‗lsa, uni hal etish
uchun shunchalik yuqori darajadagi boshqaruv talab etiladi. Bu o‗rinda shuni