Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
87
massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari 
doirasi va natijalar ro‗yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. 
Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol 
o‗ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‗linma faoliyatining 
yo‗nalishi aks etadi. Axborot tizimlariga texnologik yondashuv axborotni 
protseduralar obyekti sifatida ko‗rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondashuv 
esa axborotning ma‘naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi. 
Boshqaruv tizimining pog‗onaliligi. 
Odatda, istalgan tashkilot bir necha 
obyektlardan iborat murakkab kompleks bo‗lib, ularning o‗zi ham boshqaruv 
jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. Shu bois ham kompleksning kelishilgan 
holda ishlashi uchun qo‗shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish 
qismlari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari kabi) harakatlarini 
muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini kompleksning umumiy maqsadlarini bajarishga 
yo‗naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi 
ko‗p darajali tuzilmaga ega bo‗lishi mumkin. Bu ko‗plab boshqaruv tizimlari 
uchun xos xususiyat. Odatda, obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, 
o‗rta, quyi darajasi farqlanadi. Ulardan har biri o‗z funksiyalari to‗plami, 
kompetensiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga muhtoj bo‗ladi. 
Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, tashkilot vazifasi, 
boshqarish maqsadlari, uzoq muddatli rejalari, ularni amalga oshirish strategiyasi 
belgilanadi. 
Boshqarishning
 
o‗rtacha darajasi-texnik boshqaruv darajasi 
hisoblanadi. Bunda takgik rejalar tuziladi, ularni amalga oshirish nazorat qilinadi, 
resurslar kuzatib boriladi va hokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor 
boshqaruv rejasi, ya‘ni, hajm-taqvim (kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat 
va qayd etish amalga oshiriladi. 
Boshqarish darajasi (boshqaruv faoliyat turi) hal etiladigan masalaning 
murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo‗lsa, uni hal etish 
uchun shunchalik yuqori darajadagi boshqaruv talab etiladi. Bu o‗rinda shuni 



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin