91 Hozirgi kunda axborot tizimi haqida kompyuter texnikasi yordamida amalga
oshirilgan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Axborot texnologiyalari kabi axborot
tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko‗rsatishi
mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala.
Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining o‗sishi, uni yanada murakkab
usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizishning ishini
avtomatlashtirish, ya‘ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini
keltirib chiqaradi.
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish
bilan bog‗liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni
qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi
qoidalarni qayta ishlashning paydo bo‗lishiga olib keladi. Bu ham o‗z navbatida,
«sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya‘ni boshqaruv jarayonida
qo‗llaniladigan ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash, to‗plash, qidirish, qayta ishlash va
uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va insonning
qaror qabul qilish bo‗yicha ishi qisman amalga oshirilgan.
Axborot tizimining vazifasi . Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan
belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi
jarayonga maqsadli ta‘sir ko‗rsatish-qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning
shakillanish jarayoni esa qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Tashkilotni
boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar
boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
Qaror qabul qilish jarayonini ta‘minlash, ya‘ni aynan, kerakli axborotni
kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish-tashkilot axborot tizimining asosiy
vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror
qabul qilishning barbod bo‗lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda
qo‗llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta‘sir qiladi va hatto axborot tizimining