10 chambarchas bog‗langan qisimlardan iborat butun bir obyektlar majmuasi
tushuniladi. Bunday ta‘rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig‗ilgan mashina; hujayralarining butun
majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog‗langan
ko‗plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligi yuzaga kelgan
korxonalar va hokazo. Bunday hollarda obyektlar (qismlar) yagona tizim sifatida
ishlaydi, ya‘ni har bir obyekt, kenja tizimlar umumiy tizim oldidagi yagona
maqsad uchun harakat qiladi.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «obyektlar», «aloqalar»,
«xususiyatlar».
Obyektlar -tizimning bir bo‗lagi yoki komponentlari bo‗lib, jismoniy,
matematik o‗zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar,
axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‗linmalari kabi ko‗plab cheklanmagan
qismlarga ega.
Xususiyatlar bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat
tizimning ma‘lum bir o‗lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon
etish imkonini beradi.
Obyektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o‗zgarishi mumkin.
Aloqalar obyektlar va ularning
xususiyatlarini tizim jarayonida yagona
yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va
tizimlar o‗rtasida aloqa bo‗lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar,
qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o‗rtasida aloqaning mavjud bo‗lishi
tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega
bo‗lmagan element ko‗rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari
quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-
tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo‗linishligidir.