99
Semiconductor RAM), u o‗zining akkumulyatoridan doimiy quvvatlanadi; unda
tizimning har bir yoqilganida tekshiriladigan ShK ning apparat tarkibi haqidagi
axborot (kompyuterda mavjud barcha apparatlar haqida) saqlanadi.
Tashqi xotira
. Tashqi xotira shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalariga
kiradi va masalani yechish uchun qachondir kerak bo‗ladigan axborotlarni uzoq
vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotira qurilmasida kompyuterning
barcha dasturiy ta‘minoti saqlanadi. Tashqi xotiraning har xil turlari mavjud, 1.8-
rasmda keltirilgan tashqi xotira turlari-qattiq diskdagi jamlovchilar amaliy jihatdan
har bir kompyuterda bor.
Bu jamlovchilarning vazifasi–katta hajmdagi axborotlarni saqlash, yozish va
so‗rov bo‗yicha operativ xotira qurilmasiga uzatish. Tashqi xotira qurilmasi
sifatida keng miqyosda optik disklarda jamlovchi qurilmalar ham ishlatilmoqda
(
SD
–Compact Disk,
DVD
–Digital Versatile Disk),
flesh-diskda
jamlovchilar va
kamroq kassetadagi magnit tasmali xotira qurilmalari (MTXQ, strimmerlar), diskli
magnitooptik jamlovchilar (DMOJ).
Energiya ma‘nbai
. Energiya manbai–blok, shaxsiy kompyuterni elektr
tarmog‗idan va alohida energiya manbaidan ta‘minlash vositasi.
Taymer
. Taymer–bu kompyuterning ichidagi real vaqt soati, avtomatik
ravishda hozirdagi vaqt ko‗rsatkichlarini beruvchi (yil, oy, soat, minut, sekund va
sekundning qismi). Taymer alohida elektr manbai-akkumulyatorga ulanadi–va
kompyuter manbadan uzilganda ham u o‗z ishini davom ettiradi.
100
1.3.1.
Tashqi qurilmalar va funksional xarakteristikalari
Tashqi qurilmalar
. ShK ning tashqi qurilmalari (TQ)–har qanday hisoblash
majmuasining tarkibiy qismi, TQ ning narxi shaxsiy kompyuter narxining 80–90%
ini tashkil etishi mumkin.
Shaxsiy
kompyuterning
tashqi
qurilmalari
atrof-muhit
hamda
foydalanuvchilar, boshqarish obyekti va boshqa kompyuterlar bilan muloqotini
ta‘minlaydi.
Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
tashqi xotira qurilmalari (TXQ) yoki ShK tashqi xotirasi;
foydalanuvchining muloqot vositalari;
axborotni kiritish qurilmalari;
axborotni chiqarish qurilmalari;
telekommunikatsiya va aloqa vositalari.
Foydalanuvchining muloqot vositalari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi:
ko‗rsatuv monitori (ko‗rsatuv terminali, displey)–shaxsiy kompyuterga
kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni aks ettirish uchun mo‗ljallangan
qurilma;
nutqni kiritish-chiqarish qurilmasi–multimedianing tez rivojlanayotgan
vositasi. Bular turli mikrofonli akustik tizimlar, inson tomonidan aytilayotgan so‗z
va harflarni tanishga imkon beruvchi va ularni identifikatsiyalovchi va
kodlashtiruvchi
murakkab dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan ―tovushli
sichqonchalar‖, kompyuterga ulangan tovush karnaylari yoki dinamik orqali hosil
qilingan so‗zlar va harflarni raqamli kodlarga o‗zgatirishni amalga oshiruvchi
tovush sintezatorlari.
Axborotlarni kiritish qurilmalariga quyidagilar kiritiladi:
klaviatura-shaxsiy kompyuterni boshqarish, matinli va sonli axborotlarni
kiritish uchun xizmat qiluvchi qurilma;
|