Ovqatlanish


Pestitsidlar (zaharli ximikatlar)



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə91/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Pestitsidlar (zaharli ximikatlar)

Zaharli xirnikatlar qishloq xo’jaligida oziq-ovqat ekinlarini bego-na o’tlardan, zararkunandalardan va kasalliklardan himoya qilish hamda o’sishini tezlashtirish maqsadida qo’llaniladigan sintetik va kimyoviy moddalardir. Pestitsidlar o’z tabiatiga va kimyoviy tuzili-shiga ko’ra: a) organik (fosfororganik, xlororganik, simoborganik va boshqalar); b) anorganik (mis, rux, qo’rg’oshin va shu kabilarni saqlaydigan preparatlar); d) o’simliklar (anabazin, piretrum) kabi Pestitsidlarga bo’linadi.

Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan hamma pestitsidlar o’z vazifasi-ga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: gerbitsidlar - begona o’tlarga

91

qarshi, fungitsidlar - zamburug’larga qarshi, defoliantlar — barglar-ni to’kish uchun, deflorantlar - o’simlik guli va tugunchasini to’kish uchun, insektitsidlar — hasharotlarni o’ldirish uchun, akaratsidlar kanalami o’ldirish uchun ishlatiladi. Qishloq xo’jaligida ishlatiladi-gan pestitsidlar ichida quyidagi «xavfli uch belgi» xossasiga ega bo’l-ganlari inson uchun ayniqsa xatarlidir.

1. Tashqi muhitda o’zining zaharlilik xossalarini yo’qotmasligi.

2. Kumulativ, ya'ni turli organ va to’qimalarda asta-sekinlik bi-lan surunkali to’planib borishi.

3. Sut orqali o’tishi.

Qishloq xo’jaligida oziq-ovqat ekinlariga zaharli ximikatlar bilan ishlov berishda aholi salomatligiga zararli ta'sir ko'rsatishiriing oldini olish maqsadida xirnikatlar miqdorini kamaytirish, isWatilishini chek-lash, oziq-ovqat mahsulotlarida qoldiq miqdorini nazorat qilish DSENM xodimlariga katta mas'uliyat yuklaydi. Bunda ular me'yoriy hujjatlarga tayanib, qishloq xo’jaligi ekinlariga zaharli ximikatlar bi-lan ishlov berish qoidalariga rioya qnirhshini laboratoriya tekshiruv-lari o’tkazish yo’li bilan nazorat qilib boradilar. Sanitariya me'yor-larini buzgan shaxslarga nisbatan 309-hisobot formasi bo’yicha ba-yonnoma tuzilib, bu shaxslar ma'muriy va jinoiy javobgarlikka torti-ladi. DSENM xodimlariga — sanitariya shifokorlari va sanitariya shi-fokori assistentlariga oziq-ovqat mahsulotlarida pestitsidlar ruxsat etilgan konsentratsiyadan yuqori bo’lganda ulardan foydalanish masalasini hal qilishlariga to’g’ri keladi. Bunday oziq-ovqat mah-sulotlarini realizatsiya qmshning quyidagi yo’llari tavsiya qilinadi:

  1. g’alla va donli mahsulotlarda DDT bo’lganida uni urug’lik yoki texnik ehtiyojlar uchun ishlatish;

  2. fumigantlar ko’proq miqdorda bo’lganda ularni uzoq muddat degazatsiya qilish va qoldiq miqdorini aniqlash;




  1. g’allada simob organik preparatlari bo’lganda ishlatishga yo’l qo’ymaslik;

  2. meva va danakli mevalar, rezavor mevalarni filtratsiya qilin-gandan keyingina vino va sharbatlar tayyorlash uchun ishlatishga rux-sat berish;

  3. fosfor organik birikmalar tutadigan mevalar bo’lsa, ularni ikki haftagacha saqlab qo’yish, shu muddat ichida mahsulotlar buzilgu-dek bo’lsa, ularni jem va murabboga qayta ishlash;

  4. tarkibida pestitsidlar ruxsat etsa bo’ladigan konsentratsiyadan ko’p bo’lgan kartoshkani kraxmalga aylantirish yoki urug’lik sifatida ishlatish;

92

h) DDT saqlagan sutni ruxsat etilgan konsentratsiyadan sal oshsa tvorogga aylantirish;

i) xlor organik pestitsidlari ruxsat etilgan konsentratsiyadan ko’p-roq bo’lgan sutning yuzini va chuchuk sariyog’ini qandolat mahsu-lotlariga ishlatish;

j) xlor organik pestitsidlar saqlagan go’shtning bir qismini qayta ishlab, kolbasa mahsulotlariga qo’shish, tuxumlarni esa qandolat korxonalarida ishlatish.

Pestitsidlar ta'siriga uchragan oziq-ovqat mahsulotlarining sani-tariya ekspertizasi uch bosqichda o’tkaziladi:

1) o’simliklar va hayvonlarga pestitsidlar bilan ishlov berishning muddati va usullarini, pestitsidlarni saqlash muddati va sharoitlariga oid maTumotlarni to’plash va uni amaldagi sanitariya qoidalari bi-lan taqqoslash;

2) mahsulotlarni yaxshilab ko’zdan kechirish va organoleptik xos-salarini aniqlash;

3) laboratoriyada mahsulotlar pishgan vaqtda tekshiriladi, bunda mahsulot namunalariga tegishli ma'lumotlar: zaharli ximikatlar turi, ishlov berish muddati va usullari, preparat konsentratsiyasiga doir malumotlar bo’lishi kerak.

Quyidagilar laboratoriya tekshiruvidan o’tkazilishi shart:

1) zaharli xirnikatlarning qo’llanilishi bo’yicha yo’riqnoma va qoidalarga zid ishlov berilgan mahsulotlar;

2) noma'lum ximikatlar bilan ishlov berilgan mahsulotlar;

3) yuzasida zaharli ximikatlar yuqi bo’lgan mevalar;

4) kuchsiz begona hid aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlari.

Yuqoridagi malumotlarga asoslangan holda sanitariya eksperti-zasidan o’tkazilgan, organoleptik xossalari o’zgarmagan, zaharli ximikatlar miqdori yo’l qo’ysa bo’ladigan darajadan oshmagan mah-sulotlarni ovqatga ishlatishga ruxsat beriladi. Simoborganik ximikat-lardan ifloslangan mahsulotlarni ovqatga ishlatishga ruxsat berilmay-di. Ammo bu mahsulotlarda zaharli ximikat miqdori yo’l qo’ysa bo’ladigan darajadan oshmasa, masalan daryo balig’ida 0,2 mg/kg gacha, undan tayyorlangan konservada 0,3 mg/kg gacha, dengiz balig’ida va undan tayyorlangan konservada 0,5 mg/kg gacha bo’l-ganda ovqatga ishlatishga ruxsat beriladi. Laboratoriyada pestitsid-larning qoldiq miqdorini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizadan o’tkaziladi. Sanitariya shifokori va assistenti zaharli ximikatlarni laboratoriyada qay tariqa tekshirilishini yaxshi bilishi kerak. Mahsulotlardan namunalar olib jo’natishning sanitariya-gigi-yena qoidalari buziUshlarini aniqlanganda dalolatnoma va bavonno-

malar tuziladi. Sanitariya shifokori assistenti laboratoriyaga keltiril-gan oziq-ovqat mahsulorlaridagi zaharli ximikatlarning qoldiq miq-dorini aniqlashni bihshi lozim.

Amaliy mashg’ulotlarda sanitariya shifokori assistenti quyidagi topshiriqlarni bajara bilishi kerak:


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin