FKGda: I ohangning kuchayishi va uning EKGdagi tishchani qayd qilish daqiqasidan kechga qolishi, shuningdek diastolik shovqin.
Rentgenografiyada: O‘pka o‘zagi soyasining kengayishi va o‘pkada qonning dimlanishi belgilari. Yurakning chap konturi bo‘ylab 4 ta ravoq asosan kengaygan o‘pka arteriyasining soyasi bo‘lishi – 2-ravoq juda yaqqol ko‘rinadi. Uchinchi ravoqning kattarishi (chap bo‘lmacha va uning quloqchasining kengayishi) yurakning belini yo‘qotadi va mitral konfiguratsiyani hosil qiladi. O‘ng kontur bo‘ylab yurakning o‘ng bo‘limlarinining kengayishi va chap bo‘lmacha kengayishi hisobiga qo‘shimcha soyaning paydo bo‘lganligi aniqlanadi. Birinchi yon proyeksiyada – o‘ng qorinchadan chiqadigan bo‘limning kengayishi, kontrastlangan qizilo‘ngach esa chap bo‘lmacha bilan kichik ravoq bo‘ylab orqaga og‘adi. Ikkinchi yon proyeksiyada – o‘ng bo‘limlar va chap qorincha bo‘lmachaning kengayishi ko‘rinadi.
Exokardiografiyada: 1) mitral klapan tavaqalarning bir tomonlama diastolik harakati; 2) oldingi mitral klapanlarining erta diastolik yopilishi tezligining ifodalangan susayishi; 3) mitral klapanlarning umumiy harakat ekskursiyasining pasayishi; 4) mitral tavaqalar diastolik ajralishining kamayishi; 5) chap bo‘lmachaning biroz kengayishini aniqlashga yordam beradi.
Yurakning kateterizatsiyasi. O‘ng bo‘limlar kateterizatsiyasida o‘pka gipertenziyasi darajasini, chap qorincha kateterizatsiyasi bilan birgalikda esa – mitral klapandagi diastolik gradiyentini aniqlash mumkin.
Diagnoz quyidagi alomatlarning aniqlanishiga asoslanadi:
bevosita alomatlar – 1) klapanning alomatlari (kuchaygan I ohang, klapanlarning ochilish ohangi, diastolik shovqin); 2) chap bo‘lmacha alomatlari (turli usullar bilan aniqlanadigan chap bo‘lmachaning kattalashishi) va bilvosita alomatlar, kichik qon aylanishi doirasidagi sirkulyatsiyaning buzilishi va bunga yurakning o‘ng bo‘limlari reaksiyasi bilan vujudga kelgan alomatlar: 1) o‘pkaning alomatlari (nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi xuruji, o‘pka arteriyalari kengayishi) 2) o‘ng qorincha alomatlari (o‘ng qorinchaning kattalashishi – turli usullar bilan aniqlanadigan).