Paypaslab ko‘rilganda va qaraganda yurak uchining kuchaygan turtkisi, uning chapga va pastga surilganligi aniqlanadi. Yurak chegarasi hamma tomonga, asosan chap tomonga kengaygan.
Auskultativ mitral klapanning yopilish mexanizmi buzilganligi sababli I ohang susaygan yoki butunlay yo‘q. O‘pka arteriyasi ustida II ohang kam ifodalangan ko‘pincha yurak uchi sohasida bo‘g‘iq III ohang eshitiladi. Yurakning uchi ustida eshitilayotgan, regurgitatsiya to‘lqinining o‘tishi natijasida vujudga keluvchi turli tembrdagi sistolik shovqin unga xarakterli alomat hisoblanadi. Uni sistolik titrash singari paypaslab ko‘rish ham mumkin. Bemor chap tomonga yotganida auskultativ alomatlar juda yaqqol eshitiladi.
EKGda: Chap bo‘lmacha va chap qorincha gipertrofiyasining EKG alomatlari, o‘pka arteriyasi gipertenziyasi rivojlanganda – o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorincha gipertrofiyasi alomatlari.
FKGda: I ohang amplitudasi kichraygan va undan keyin darrov butun sistola yoki uning katta qismini egallovchi sistolik shovqin qayd qilinadi.
Rentgenografiyada: To‘g‘ri proyeksiyada yurak o‘lchamlari kengaygan, asosan chap tomonga, kateterlashda chap bo‘lmacha hisobiga yurakning beli yo‘qolgan. Birinchi yon proyeksiyada, kateterlashda chap bo‘lmacha hisobiga retrokardial soha kichraygan va shu darajada kontrastlangan qizilo‘ngach katta radiusli ravoq bo‘yicha orqaga yotadi. Ikkinchi yon proyeksiyada chap qorinchaning kattalashganligi kuzatiladi.
Exokardiografiyada: Mitral klapanlarning yetishmovchiligida yurakning chap bo‘limlari dilatatsiyasi, diastola vaqtida qalinlashgan mitral tavaqalarning chap bo‘lmacha tomonga yoki turli tomonga harakati va ularning diastolik yopilishini yo‘qligi yaqqol kuzatiladi. Dopleroexokardiografiya yordamida mitral regurgitatsiyaning ifodalanish darajasini baxolash mumkin. Yurakning kateterizatsiyasi o‘pka arteriyalarida ko‘tarilgan bosimni aniqlashga yordam beradi. Ventrikulografiya yordamida chap qorincha sistolasi vaqtida kontrast moddaning chap bo‘lmachaga o‘tishini ko‘rish mumkin. Chap bo‘lmachaning kontrast bilan to‘lish tezligi yetishmovchilik darajasiga bog‘liq.
Shunday qilib, quyidagi alomatlar topilganda mitral klapan yetishmovchiligi diagnozi qo‘yiladi: 1) yurakning uchi ustida sistolik shovqin. 2) I ohangning susayishi va ko‘pincha III ohangning mavjudligi. 3) chap qorincha va chap bo‘lmachaning kateterlash (EKG, ExoKG va rentgenogramma ma’lumotlari bo‘yicha). 4) klapan apparatining va darajasining o‘zgarishi(ExoKG, zondlash va anginokardiogramma) ma’lumotlariga ko‘ra.
Mitral klapan yetishmovchiligini aorta o‘zagi stenozi va uch tavaqali klapan yetishmovchiligi bilan differentsirlash lozim.