Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Xirurgik davolashga ko‘rsatma



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə20/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Xirurgik davolashga ko‘rsatma. Ifodalangan aortal nuqsonlarning NYHA bo‘yicha III-IV funksional sinflarida operatsiya qilinadi. Alomatlar uchligidan (hushdan ketish, yurak astmasi, anginoz og‘riqlar) biri yoki bir nechtasining paydo bo‘lishi, shikoyatlar yo‘qligida esa kardioplegiya va EKGda chap qorinchaning zo‘riqishi alomatlarining mavjudligi – operatsiyaga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatma hisoblanadi. Yakka aortal stenozda sistolik aortal gradientning 50 mm.sim.ustunidan yuqoriligi yoki aortal yetishmovchilikda chap qorinchadagi oxirgi diastolik bosim – 15 mm.sim.ustunidan yuqori bo‘lsa, operatsiya taklif qilinadi. Agar bemorda og‘ir hamroh kasallik (xavfli o‘sma), yoki qon aylanishi yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lmasa, odatda operatsiyaga moneliklar bo‘lmaydi.
Kasallikning II va III bosqichidagi bemorlar jarrohlik usulida davo qilinishi kerak. Alohida stenozda jarrohlik amaliyoti chap qorinchada va aortada bosim gradienti 30 mm dan oshganda qilinishi kerak. Klapandagi kuchsiz o‘zgarishlarda klapan saqlab qolinadigan jarrohlik amaliyotlarini bajarish lozim. Klapanda kuchli o‘zgarishlar bo‘lganda aortal klapan protezlanadi.


MITRAL KLAPAN NUQSONLARI


Mitral klapan yetishmovchiligi
Mitral klapan yetishmovchiligi – yurak nuqsonlari orasida tez-tez uchrab turadigan nuqson bo‘lib, u yurakning turli nuqsonlari bilan og‘rigan bemorlarning 50 foizida uchraydi. U odatda mitral klapanlar stenozi va boshqa nuqsonlar bilan hamrohlikda uchraydi.
Etiologiyasi. Mitral klapan yetishmovchiligi sabablariga quyidagi kasalliklar kiradi: revmatizm, yuqumli endokardit, yurakni ishemik kasalligi keltiradi. Revmatizmda mitral klapan tavaqalari to‘qimasi yemiriladi va tavaqalar cheti defekti hosil bo‘ladi. Keyinchalik, revmatik jarayonning sklerotik bosqichida ular qisqaradi, xordalar yopishadi, bu klapanosti stenoziga olib keladi. Ko‘pincha komissuralar ham yopishadi va murakkab mitral nuqsonini hosil qiladi.
Yuqumli endokarditda to‘qimalar cheti defekti, shuningdek xordalarning uzilib ketishi kuzatiladi. Yurakning ishemik kasalligida so‘rg‘ichsimon mushaklar ishemiyasi yoki infarkti, ularning sklerozi yoki yorilishiga va bu o‘z navbatida o‘tkir mitral regurgitatsiyaga olib keladi. Mitral yetishmovchilikdagi patologoanatomik o‘zgarishlarning asosiy komponenti – fibroz halqaning dilatatsiyasi va deformatsiyasi hasoblanadi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin