Oyoq venalarining varikoz kasalligi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə21/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Gemodinamikasi. Mitral yetishmovchilikda gemodinamikaning buzilishi chap qorincha sistolasi vaqtida qoning bo‘lmachaga regurgitatsiyasiga bog‘liq. Chap bo‘lmachaga qonning qaytib oqishi sistola fazasida boshlanib, chap qorincha diastolasigacha davom etadi. Chap bo‘lmachaga ko‘p hajmdagi qoning tushishi natijasida, mushaklar cho‘ziladi va ular ko‘p rivojlanmaganligi uchun ko‘p vaqt o‘tmay dilatatsiya rivojlalandi. Chap bo‘lmachaga go‘yoki past qarshilikli soha singari katta hajmli qonni fazaviy va o‘rtacha bosimni kuchaytirmay sig‘ishtirib ishlay boshlaydi. Chap qorinchaning to‘lish fazasi oxirida chap bo‘lmacha hajmi o‘pka arteriyalaridan kelayotgan va regurgitatsiya natijasida tushgan qon hisobiga kattaligicha qoladi.
Yurakning minutlik hajmini adekvat ushlab turish uchun chap qorincha ham qisqarish hajmidagi, ham bo‘lmachaga ketayotgan qon hajmidagi qonni chiqarib berishga majbur bo‘ladi. Hajmiy zo‘riqishning kuchayishi chap qorinchaning gipertrofiyasiga keyinchalik esa dilatatsiyasiga olib keladi. Rivojlanayotgan yetishmovchilik oxirgi diastolik bosim va xajmning kuchayishiga olib keladi, chap bo‘lmachaning kengayishi o‘pka venasi o‘zagining klapanlarining to‘liq yopilmasligiga va o‘pka venalarida qonning dimlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Chap bo‘lmachada ko‘tarilgan bosim o‘pka venalari va “o‘pka kapillyarlariga” beriladi. O‘pkadagi gipertenziya bundan tashqari o‘pka arteriyalarining reflektor torayishi ham bog‘liq. Bu o‘pka kapillyarlarini qon bilan to‘lib ketishidan va bosimning haddan tashqari ko‘tarilib ketishidan asraydi.
Mitral yetishmovchilikda kichik qon aylanish doirasidagi gipertenziya sekin rivojlanadi va kasallikning oxirgi bosqichlarida o‘ng qorincha gipertrofiyasi, keyin esa 3 tavaqali klapanning nisbiy yetishmovchiligiga, jigarning kattalashishiga, periferik shish va assit bilan kechuvchi dekompensatsiyaga olib keladi. Qon aylanishning uzoq vaqt buzilishi o‘pka, jigar buyrak va boshqa a’zolarning turg‘un o‘zgarishlariga olib keladi.
Klinika va diagnostikasi. Kompensatsiya bosqichida bemorlarning hech qanaqa shikoyatlari yo‘q. Chap qorinchaning qisqaruvchi faoliyati pasayganida, o‘pka gipertenziyasi rivojlanganda, bemorlar jismoniy harakat vaqtidagi hansirash va yurakning tez urishiga shikoyat qiladilar. Qonning dimlanishi alomatlari kuchayganida, tinchlikdagi nafas yetishmovchiligi, yurak astmasi xurujlari, quruq yoki balg‘am aralash yo‘tal boshlanadi. O‘ng qorinchaning qisqaruvchi faoliyati pasayganda, o‘ng qovurg‘aosti sohasida og‘riq shuningdek oyoqlarda shish paydo bo‘ladi. Bemorlarni yurak sohasidagi siquvchi, bosuvchi og‘riqlar bezovta qiladi. Bemorlarning tashqi ko‘rinishi kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishi kuchayishida o‘zagaradi, akrotsianoz kuzatiladi. Ko‘rik vaqtida “yurak bukrisi” yaqqol ko‘rinadi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin