Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Sheynisning 3 jgutli sinamasi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə7/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Sheynisning 3 jgutli sinamasi: Teri osti venalari bo‘shatilgandan keyin bemorga yotgan holatida: sonning 1/3 qismiga, son o‘rtasiga va tizzadan pastga 3 ta jgut qo‘yiladi, o‘rindan tik turish taklif qilinadi. Oyoqning jgutlar bilan chegaralangan sohasida venalarning tez bo‘rtib chiqishi, shu sohada klapanlari ishlamaydigan komunikat venalar borligidan dalolat beradi.
Talman sinamasi: 3 ta jgut o‘rniga yumshoq rezina naychadan yasalgan bitta uzun (2.5-3 m) jgut ishlatiladi. Uni zararlangan oyoqqa pastdan yuqoriga, o‘ramlari orasida 5-6 sm masofa qoldirilib spiral shaklida o‘raladi, jgut o‘ramlari sohasida vena tomirlarining bo‘rtib chiqishi shu sohada klapanlari ishlamaydigan kommunikant venalar borligidan dalolat beradi.
Fegan sinamasi: Bemorning vertikal holatida kengaygan vena tomirlari metilen ko‘ki bilan belgilanib, bemorga gorizantal holat beriladi, boldir va son yuzasidagi perforant venalar o‘tadigan fassiya defektlari paypaslanadi. Bu defektlarni “chov churrasining tashqi teshigini” topgan kabi barmoq bilan bosiladi va bemorga turish taklif qilinadi. Barmoqlar olinganidan so‘ng retrograd qon oqimining paydo bo‘lishi, shu sohada kommunikant venalarning klapan yetishmovchiligi borligidan dalolat beradi va u joy metilen ko‘ki bilan belgilanadi. Perforant venalar yetishmovchiligini aniqlovchi sinamalar vena patologiyasi bilan og‘rigan bemorlarda istisnosiz o‘tkazilishi shart, chunki venoz qonining chuqur venalar sistemasidan yuzaki venalarga refluksini aniqlash jarrohlik aralashuvi paytida zarur hisoblanadi.


VENALARNI MAXSUS INSTRUMENTAL
TEKSHIRISH USULLARI
Funksional dinamik flebomonometriya - chuqur venalar funksional holatini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Boldirga elastik bint o‘raladi, oyoq panjasi lateral tomonidagi venalardan biri punktirlanib elektro-monometrga ulanadi. Venoz bosim Valsalvi sinamasi (kuchanish) va mushaklar qo‘shimcha ishidan (10-12 marta o‘tirib turilgandan) so‘ng o‘lchanadi. Chuqur venalar o‘tkazuvchanligida Valsalvi sinamasidan so‘ng bosim 10-15% oshadi, sistolik (mushaklar qisqarganda) diastolik (mushaklar bo‘shashtirilganda) bosim 40-50% ga oshadi, diastola gradienti birmuncha kamayadi, qo‘shimcha mushak ishidan so‘ng bosim asta-sekin dastlabki darajasiga qaytadi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin